» » G‘uzorda ko‘knor yetishtirgan 73 yoshli otaxonga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

G‘uzorda ko‘knor yetishtirgan 73 yoshli otaxonga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida hovlisida ko‘knor giyohvand moddasini yetishtirgan otaxonga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Qashqadaryo IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

2020-yil 14-may kuni o‘tkazilgan “Qoradori—2020” tadbirida mazkur qilmishi oshkor bo‘lgan otaxonning “Bo‘ston” mahallasidagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda 14 tup giyohvand o‘simligi yetishtirilayotgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo IIBning yozishicha, otaxon ko‘knor o‘simligini nima maqsadda yetishtirganiga hozircha oydinlik kiritmagan.

Mavzuga doir:  



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 21) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют