» » Andijonda qiymati 10 mln so‘mdan ortiq neft mahsulotini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi

Andijonda qiymati 10 mln so‘mdan ortiq neft mahsulotini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi


Andijon viloyatining Andijon tumanida quvurdan neft mahsulotlarini o‘g‘irlayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Andijon viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 2020-yil 13-maydan 14-mayga o‘tar kechasi Andijon tumanida yashovchi fuqaro D.X. boshchiligidagi bir guruh shaxslar “Guliston” mahallasida joylashgan “Abdurashid hosili” fermer xo‘jaligi yer maydonidan o‘tgan Andijanpetro MChJga qarashli neft quvurlariga maxsus moslama o‘rnatib, ko‘p miqdordagi neft mahsulotlarini yashirin tarzda o‘g‘irlayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Ish bo‘yicha ulardan 35 dona maxsus tayyorlangan qopda neft mahsulotlari, 30 dona bo‘sh qop, temir trubaga ulangan maxsus moslama hamda sakkiz metr hajmdagi sellofan olingan.

Andijanpetro MChJ tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, o‘sha kuni jamiyatga tegishli 10 million 500 ming so‘mlik neft mahsulotlari talon-toroj qilingan hamda markaziy quvurga shikast yetkazilib, yaroqsiz holga keltirilgan.

Mazkur holat yuzasidan 14-may kuni qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “g” bandi (O‘g‘irlik) va 255-2-moddasi 2-qismi “b” bandi (Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini yaroqsiz holatga keltirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют