» » Foto: Milliarderlar egalik qiluvchi 6 ta hashamatli uy

Foto: Milliarderlar egalik qiluvchi 6 ta hashamatli uy


Uy — bu inson shaxsiyatining bir qismi. Devorlar rangi, eshik tutqichlari, yoritgichlar sizning didingizdan, shuningdek, daromadingizdan dalolat beradi, deb yozadi GQ nashri.

Quyida dunyodagi eng hashamatli va qimmatbaho uylar haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Mumbaydagi “Antiliya” qasri. Narxi — 2 milliard dollar Egasi — Mukesh Ambani

Hindistonning eng badavlat fuqarosi Mukesh Ambani sayyoradagi eng hashamatli uylardan biriga egalik qiladi. Uy 27 qavatdan iborat va unda to‘qqizta tezyurar lift ishlaydi.

Ko‘p qavatli garajda esa 168 ta mashinaga joy bor. Agar mehmonlar vertolyotda kelmoqchi bo‘lsa, unda bu yerda uchta vertolyot sig‘adigan maydon bor. Uyda ballar o‘tkaziladigan zal, teatr, spa, ibodatxona va bir necha qishki bog‘lar bor.

Nyu-Yorkdagi Markaziy bog‘ ko‘rinib turadigan pentxaus. Narxi — 240 million dollar Egasi — Kennet “Ken” Griffin

Kennet Griffin — amerikalik investor, milliarder va Citadel kompaniyasi asoschisi. U ushbu pentxausni 2019-yilda sotib olgan.

Pentxaus uch qavatda joylashgan, uning umumiy maydoni 2137 kvadrat metrni tashkil etadi. Unda 16 ta yotoqxona, 17 ta vannaxona va beshta balkon bor.

Los-Anjelesdagi The Manor qasri.

Narxi — 120 million dollar

Egasi kimligi noma’lum

Bu Los-Anjelesdagi eng katta uy bo‘lib, uning umumiy maydoni 5203 kvadrat metrni tashkil etadi. Unda 123 ta xona, 14 ta yotoqxona va 27 ta vannaxona bor. Uyda go‘zallik saloni, tungi klub va sartaroshxona ham bor. Uy hovlisida 202 sotixli bog‘ joylashgan. Bog‘da tennis korti ham qurilgan. 2019-yilgacha uyda Petra Ekklstoun ismli ayol yashagan.

Beverli-Xillzdagi qasr. Narxi — 71 million dollar Egasi — Garret Kemp

Uber asoschilaridan biri Garret Kemp bu uyni 2019-yilda xarid qilgan. Uyning umumiy maydoni 1115 kvadrat metrni tashkil etadi. Uyda yarmi yer ostida joylashgan avtomobillar galereyasi va cheksiz basseyn bor.

Kaliforniyadagi plyajli uy. Narxi — 43 million dollar Egalari — Bill va Melinda Geyts

2020-yilning aprelida ushbu qasr Bill va Melinda Geytslar tomonidan sotib olingan. Plyajli uy sokin atmosferaga ega.

Vertolyot maydoniga ega pentxaus. Narxi — 20 million dollar Egalari — Devid va Viktoriya Bekxem.

Ushbu pentxaus One Thousand Museum binosida joylashgan, uning tomida esa vertolyot qo‘nishga mo‘ljallangan maydon bor.

Mayamidagi ushbu osmono‘par bino Zaha Hadid Architects loyihasi bo‘yicha qurilgan, er-xotin Bekxemlar uyni 2019-yilda sotib olgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют