» » Xitoyning Isroildagi elchisi o‘z rezidensiyasida o‘lik holda topildi

Xitoyning Isroildagi elchisi o‘z rezidensiyasida o‘lik holda topildi


Xitoy Xalq Respublikasining Isroildagi elchisi Du Vey Tel-Aviv shimolidagi Gertsl shahrida o‘z rezidensiyasida o‘lik holda topildi. Bu haqda The Jerusalem Post Isroil Tashqi ishlar vazirligi vakili bergan ma’lumotga asoslanib xabar qilgan.

Du Veyning o‘limi haqidagi ma’lumotni XXR elchisining o‘rinbosari Day Yumin tasdiqlagan.

Diplomat 57 yoshda edi. The Jerusalem Post’ning yozishicha, elchining murdasida qotillik alomatlari kuzatilmagan va o‘limga yurak xuruji sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Isroil armiyasi radiostansiyasi ham elchi jasadida zo‘ravonlik va qotillik izlari yo‘qligini xabar qilgan.

57 yoshli Du Vey 2020-yil fevral oyida Isroilning favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlangandi. U avval 2016-yilda XXRning Ukrainadagi elchisi sifatida faoliyat olib borgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют