» » Messiga yetib olgan Ronaldu, top-10 likdan joy olgan Neymar, Suares va Xames. 2014-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)

Messiga yetib olgan Ronaldu, top-10 likdan joy olgan Neymar, Suares va Xames. 2014-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)


Transfermarkt portali 2014-yilning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini yodga oldi va ulardan tuzilgan ramziy terma jamoani taqdim etdi.

2014-yilda Krishtianu Ronaldu bir yil avvalgidan 20 million yevroga qimmatlab, yetakchi Lionel Messiga yetib oladi (120 million yevro). Kuchli uchlikni Garet Beyl yakunlab beradi (80).

Klub miqyosida ko‘tarinki mavsum o‘tkazgan Neymar va Anxel di Mariya top-5 likdan o‘rin oladi. JCh—2014 musobaqasi kashfiyotiga aylangan Xames esa katta o‘sishga erishgan holda ro‘yxatning 8-pog‘onasiga joylashadi.

2014-yilning eng qimmat o‘n futbolchisi:

1. Lionel Messi — 120 million yevro

2. Krishtianu Ronaldu — 120 million yevro

3. Garet Beyl — 80 million yevro

4. Neymar — 70 million yevro

5. Anxel di Mariya — 65 million yevro

Mavzuga doir: “Agar onam bo‘lmaganida futbolni aniq tashlab ketardim”. Anxel di Mariyaning ta’sirli hikoyasi

6. Andres Inyesta — 65 million yevro

7. Radamel Falkao — 60 million yevro

8. Xames Rodriges — 60 million yevro

9. Edinson Kavani — 60 million yevro

10. Luis Suares — 60 million yevro

To‘liq ro‘yxat:

2014-yilning eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Manuel Noyer (40 million yevro);

Himoyachilar: Serxio Ramos (45), Xavi Martines (37), Tiago Silva (40);

Yarim himoyachilar: Fransesk Fabregas (50), Luka Modrich (55), Garet Beyl (80), Andres Inyesta (65), Neymar (70);

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (100), Lionel Messi (120).

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют