» » Tramp: Amerikaliklarda AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida yadro urushi boshlanishidan xavotirlanishga asos bor

Tramp: Amerikaliklarda AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida yadro urushi boshlanishidan xavotirlanishga asos bor


Amerikaliklarda AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida yadro urushi boshlanishidan xavotirlanishga asos bor. Bu haqda prezident Donald Tramp TMJ-4 telekanaliga bergan intervyusi davomida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

AQSh fuqarolari KXDR bilan yadro urushi boshlanishidan qanchalik darajada xavfsirashi lozimligi haqidagi savolga javoban Tramp “Har doim xavotirlanish kerak. Biz kim bilan ish ko‘rayotganimiz juda mavhum. Nima bo‘lishini ko‘ramiz, vaziyat oddiy emas”, deya javob bergan. 

Trampga ko‘ra, Vashington va Pxenyan o‘rtasidagi avvalgi kelishuvlar AQSh uchun umuman foydasiz  bo‘lgan.

“Bu bilan prezident Obama shug‘ullanishi kerak edi. Oldingi barcha prezidentlar, jumladan, Klinton shug‘ullanishi lozim bo‘lgan. Biroq ular muammoni ortga surib kelgan”, — deya ta’kidladi Donald Tramp.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют