» » Kyellini: Serxio Ramosning Chempionlar Ligasi finalida Salohga ishlatgan qo‘polligi — daholik namunasi

Kyellini: Serxio Ramosning Chempionlar Ligasi finalida Salohga ishlatgan qo‘polligi — daholik namunasi


“Yuventus” himoyachisi Jorjio Kyellini “Real” sardori Serxio Ramosni jahonning eng yaxshi himoyachisi deb atadi.

Shuningdek, u Ramosning Yevropa Chempionlar Ligasi 2017/18-yilgi mavsumi finalida Muhammad Salohga nisbatan ishlatgan qo‘polligiga izoh berdi. Birinchi bo‘limdagi to‘qnashuvdan so‘ng misrlik futbolchi qo‘lini sindirib olgan va maydonni erta tark etgandi.

“Ramos — dunyoning eng yaxshi himoyachisi. Ta’riflarga ko‘ra, uning texnikasi yaxshi, harakatlari chaqqon, taktikaga rioya qilmaydi, buning natijasida har mavsumda 8-10 ta gol uning aybi bilan bo‘ladi va u hujumchi bo‘lishi ham mumkin edi. Bu tavsiflar mening butkul aksim.

Biroq u hech kimda yo‘q ikkita xususiyatga ega. Serxio katta o‘yinlarda muhim rol o‘ynashni biladi. Uning harakatlarini oldida mantiq ham ojiz qoladi, u qandaydir iblisona ayyorlik bilan raqibiga jarohat yetkazishi mumkin.

Uning 2018-yilgi Chempionlar Ligasi finalida Saloh nisbatan ishlatgan qo‘polligi, shunchaki daholik namunasi. Ramos har doim buni atayin qilmaganini ta’kidlaydi. Biroq bunday yiqilayotgan paytda raqibni qo‘yib yubormaslik 10 holatdan to‘qqiztasida qo‘lning sinishi bilan yakun topishini u juda yaxshi biladi”, — deydi Kyellini.

Mavzuga doir: Misr terma jamoasi sobiq murabbiyi: Muhammad Saloh 2018-yilda “Real”dan tushgan taklifni rad etgan

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют