» » Ekspert COVID-19 epidemiyasiga AQSh hukumati tomonidan juda sust baho berilganini qayd etdi

Ekspert COVID-19 epidemiyasiga AQSh hukumati tomonidan juda sust baho berilganini qayd etdi


AQSh hukumati mamlakatda koronavirus epidemiyasining tarqalashiga munosabat bildirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan. Bu haqda keksa yoshli kishilar parvarishi bilan ishlovchi muassasalar birlashmasi direktori Richard Mollot ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RBK”.

“Afsuski, federal hukumat sodir bo‘layotgan voqealarning boshlanishida epidemiyaga beparvo qaradi va vaziyatga juda sekin munosabat bildirdi. Ayniqsa, qariyalar uylaridagi holatlarga nisbatan befarq bo‘lindi”, — deydi Mollot.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat qariyalar uyidagi bemorlarning kasallikka chalinishini kamaytirishi mumkin edi. Biroq bunga beparvo qaraldi, oqibatda AQShning ayrim hududlarida ushbu muassasalarda yashovchilarda o‘lim ko‘rsatkichi 50 foizga yetgan.

Mollot koronavirus bilan kasallangan pansionatlardagi keksalar ko‘pincha sog‘lom kishilar bilan o‘z xonalarida muloqot qiladi. Shuningdek, ularning ayrimlari nogiron va yoshi keksaligi tufayli kasalxonalar ushbu bemorlarni qabul qilmaydi. Ekspertning aytishicha, hukumat keksalarni davolash maqsadga muvofiq emas deb topgan.

Mavzuga doir: Tramp AQShning koronavirus vaksinasi sotuvidan daromad qilish niyati yo‘qligini bildirdi

Avval “Rossiya segodnya” bosh muharriri va RT telekanali rahbari Margarita Simonyan AQSh sog‘liqni saqlash tizimi Rossiyanikidan keskin farq qilishi va aholini qamrab olish ko‘rsatkichi ham okean ortida pastligini qayd etgandi.

Simonyan AQShda yashovchi kishilar tibbiyot xizmatlarining qimmatligi tufayli alohida holatlardagina shifokorga murojaat qilishi mumkinligini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Germaniyada o‘ziga to‘q odamlar uchun eng yaxshi tibbiyot xizmatlari ko‘rsatiladi. Simonyan AQShda koronavirusdan, asosan, aholining ijtimoiy himoyalanmagan qatlami vakillari jabr ko‘rayotgani va ular orasida o‘lim holatlari ko‘pligini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: AQSh JSSTni moliyalashtirishni tiklashi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют