» » “Ayrim rahbarlar loaqal nimagadir mas’ul ekanligini ko‘rsatishni ham eplay olmayapti”. Barak Obama — AQSh hukumatining COVID-19 pandemiyasiga munosabati haqida

“Ayrim rahbarlar loaqal nimagadir mas’ul ekanligini ko‘rsatishni ham eplay olmayapti”. Barak Obama — AQSh hukumatining COVID-19 pandemiyasiga munosabati haqida


AQSh sobiq prezidenti Barak Obama amerikalik maktab bitiruvchilari va universitetlarni tamomlagan talabalarga ikkita videomurojaat yo‘lladi va ularda mamlakat hukumatining koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda qilayotgan ishlariga baho berdi.

“Pandemiya ayrim rahbarlarning qilayotgan ishlarini to‘liq tushunmasdan bajarayotganini boshqa har qanday hodisadan ham ko‘proq va to‘liqroq asoslab berdi. Ayrimlar hatto o‘zining vazifasini bajrayotgandek tutishga ham harakat qilmayapti”, — degan Obama universitet bititurvchilariga yo‘llagan murojaatida.

“Pandemiya hodisalarning mavjud holatini o‘zgartirib yubordi va siz nima qilayotganini yaxshi biladi deb o‘ylaydigan asosiy rahbar odamlar barcha masalalarni ham yecha olmasligini bilib oldingiz. Ularning ayrimlari savolni to‘g‘ri talqin qilishni ham uddalay olmaydi”, — deyilgan Obamaning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan videomurojaatida.

U yoshlarni hayotda faol pozitsiyani ushlashga chaqirdi.

“Dunyoda hammasi yaxshi tomonga o‘zgarsa, demak bu sizning harakatlaringiz samarasi bo‘ladi”, — degan AQShning sobiq prezidenti.

Axios nashrining qayd etishicha, Obama mamlakatda epidemiya boshlanganidan beri ilk bora koronavirus mavzusida chiqish qilgan. Garchi murojaatlarida gap kimlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan bo‘lsa ham, ommaviy axborot vositalari buni prezident Donald Tramp va uning administratsiyasi vakillari haqida ketayotganini payqagan.

O‘tgan haftada Barak Obamaning telefondagi so‘zlashuvi audiyozuvi internetda tarqalgan va unda sobiq prezident AQSh hukumatining koronavirus pandemiyasiga munosabatiga falokat deya ta’rif bergandi. Ushbu yozuv tarqalganidan keyin Senatdagi respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonnell Obama “jim bo‘lishi” va o‘zidan keyingi prezidentni tanqid qilmasligi haqida fikr bildirgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют