» » Bundesliga. “Bavariya” Berlinda “Union”ga imkon qoldirmadi

Bundesliga. “Bavariya” Berlinda “Union”ga imkon qoldirmadi


Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 26-turida “Bavariya” 17-may, yakshanba kuni “Union Berlin” maydonida mehmon bo‘ldi.

Uchrashuvning 40-daqiqasida Robert Levandovski penaltini aniq amalga oshirgan holda hisobni ochdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Benjamen Pavar myunxenliklarning ikkinchi golini urdi. Shu tariqa Xans-Diter Flik shogirdlari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

“Bavariya” mazkur g‘alabadan keyin ochkolarini 58 taga yetkazib olgan holda peshqadamlikni mustahkamladi. Poytaxtliklar esa 30 ochko bilan 12-pog‘onada qoldi.

Bundesliga

26-tur bahslari

17-may, yakshanba

Gollar: 0:1 – 40, penalti Levandovski, 0:2 – 80 Pavar.

“Union Berlin”: Gikevich, Trimmel, Subotich, Hyubner, Lens, Premel (Kroos, 85), Andrix (Gentner, 71), Byulter (Ryuerson, 85), Shlotterbek, Uja (Andersson, 71), Ingvartsen (Meyes, 81).

“Bavariya”: Noyer, Alaba, Boateng, Pavar, Kimmix, Gnabri (Perishich, 85), Devis, Goretska (Koman, 71), Alkantara, Levandovski, Myuller (Kyuizans, 89).

Ogohlantirishlar: Lens (12), Devis (36), Shlotterbek (51).

Gollar: 1:0 – 6, penalti Ut, 2:0 – 53 Kayns, 2:1 – 61 Avoniyi, 2:2 – 72 Kunde.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют