» » Maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekistonda bog‘chalarning qachon ishga tushishi haqidagi savollarga javob berdi

Maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekistonda bog‘chalarning qachon ishga tushishi haqidagi savollarga javob berdi


Maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekistonda ko‘pchilik ota-onalarni qiziqtirayotgan asosiy savol — bog‘chalarning qachon ishga tushishiga aniqlik kiritdi.

Vazirlik axborot xizmati bu savolga oydinlik kiritib, ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari e’tiboriga quyidagilarni ma’lum qilgan:

“Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 8-maydagi alohida hududlarda karantin choralarini yumshatish haqidagi qaroriga qaramay, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalari va o‘quv kurslari, shu jumladan, davlat, xususiy, oilaviy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) faoliyatiga cheklov o‘z kuchida qoladi.

Ushbu cheklov choralarini uzaytirishdan maqsad bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularning salomatligini koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfidan himoya qilishdir.

Karantin choralarini yumshatish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va MTTlar faoliyati bolalar tomonidan koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi to‘la bartaraf etilganidan keyin tiklanadi.

O‘zbekistonda bolalar salomatligi uchun xavfsiz epidemiologik vaziyat barqarorlashgach, Maktabgacha ta’lim vazirligi MTTlar faoliyati tiklanishi haqida qo‘shimcha ma’lum qiladi”, — deyilgan vazirlik xabarida.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 18) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют