» » Germaniyadagi kafe mijozlarga masofa saqlash uchun maxsus bosh kiyimlarini taqdim etmoqda (video)

Germaniyadagi kafe mijozlarga masofa saqlash uchun maxsus bosh kiyimlarini taqdim etmoqda (video)


Germaniya hukumati mamlakatdagi kafe va restoranlarga karantindan keyin ochilishga ruxsat berdi, deb xabar berdi Metro.

Kafelardan karantin qoidalariga rioya qilib, xususan, masofa saqlagan holda ishni tashkil etish talab qilinmoqda.

Shverin shahridagi Cafe & Konditorei Rothe kafesi ijtimoiy masofa saqlashni qiziqarli usulini joriy qildi.

Har bir mijozga kafe xodimlari maxsus shlyapa beradi. Shlyapa mijozlarga bir-biriga yaqin kelishiga xalaqit beradi. Bir qarashda g‘alati ko‘rinadigan bu holat kafe egasi Jaklinning so‘zlariga ko‘ra mijozlarga yoqmoqda.

Kafening Facebook’dagi sahifasida mijozlar ushbu innovatsion g‘oya haqida iliq fikrlar yozib qoldirgan. Ayrimlar esa har bir mijoz ketganidan keyin bosh kiyimni yaxshilab dezinfeksiya qilish kerakligini aytgan.

Ma’lumot uchun, 10-may kuni Toshkent shahridagi “Qanotchi” restorani tajriba tariqasida ishga tushirilgani haqida xabar berildi. Keyinroq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi “Qanotchi” restoranining karantin davrida tajriba tarzida ochilgani va mijozlarga xizmat ko‘rsatgani noqonuniy ekanini ma’lum qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют