» » Afg‘oniston prezidenti mamlakat sobiq bosh vaziri bilan hukumat boshqaruvini bo‘lib olish haqidagi kelishuvni imzoladi

Afg‘oniston prezidenti mamlakat sobiq bosh vaziri bilan hukumat boshqaruvini bo‘lib olish haqidagi kelishuvni imzoladi


Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani hamda sobiq bosh vazir Abdulla Abdulla 17-may kuni hukumat boshqaruvini bo‘lib olish haqidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda prezident vakili Siddiq Siddiqiy xabar qilgan.

“Ashraf G‘ani hamda Abdulla Abdulla o‘rtasida siyosiy bitim imzolandi. Abdulla Abdulla yarashtirish bo‘yicha Oliy milliy kengashga rahbarlik qiladi. Uning vakillari Kengash a’zoligiga va Vazirlar mahkamasi tarkibiga kiritiladi”, – deb yozgan Siddiq Siddiqiy Twitter’da.

Mavzuga doir: Afg‘oniston hukumati tinchlik kelishuvi doirasida “Tolibon”ning 1,5 ming nafar a’zosini ozodlikka chiqaradi

Afg‘onistonning saylangan prezidenti Ashraf G‘ani 9-mart kuni qasamyod qilgan va faoliyatga kirishgan. Saylovlarda mag‘lub bo‘lganini tan olmagan Abdulla Abdulla ham shu kunning o‘zida parallel ravishda prezident sifatida inauguratsiya marosimini o‘tkazgan. Ikki kun o‘tgach, Ashraf G‘ani tomonidan mamlakat hukumatidagi bosh vazir lavozimi bekor qilingan.

Mavzuga doir: Afg‘onistonda jangarilar tug‘ruqxonaga hujum uyushtirib, onalar va chaqaloqlarga o‘q uzdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют