» » “Yuventus” afsonasi Alessandro del Pyero AQShda shifoxonaga tushib qoldi (foto)

“Yuventus” afsonasi Alessandro del Pyero AQShda shifoxonaga tushib qoldi (foto)


“Yuventus” klubi sobiq hujumchisi Alessandro del Pyero Los-Anjelesda shifoxonaga tushib qoldi. Bu haqida u o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Turli mish-mishlarni oldini olish maqsadida sobiq futbolchi koronavirus sabab emas, buyragidagi tosh tufayli kasalxonada ekanini ma’lum qilgan.

“Shu qadar kichik, 3 millimetrli matoh bu qadar muammo keltirishiga hali ham ishona olmayapman”, — deya yozadi del Pyero.

View this post on Instagram

Ancora non ci credo come una cosa piccola solo 3mm possa fare cos? male ???? #colicarenale #calcolorenale #adp10

A post shared by Alessandro Del Piero (@alessandrodelpiero) on

Mavzuga doir: Del Pyero — “Yuventus”ning so‘nggi 25 yillikdagi eng yaxshi futbolchisi

Del Pyero 1993—2012-yillar mobaynida “Yuventus” safida to‘p surgan. U turinliklar bilan Italiya chempionati (1994/1995, 1996/1997, 1997/1998, 2001/2002, 2002/2003, 2011/2012-yilgi mavsumlarda), Italiya Kubogi (1994/1995) va mamlakat Superkubogi (1995/1996, 1996/1997, 2001/2002, 2002/2003), shuningdek, Yevropa Chempionlar Ligasi (1995/1996) sovriniga ega chiqqan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют