» » Yaqinda koronavirusni yengib o‘tgan Hadson-Odoi karantin qoidalarini buzganligi sabab hibsga olindi

Yaqinda koronavirusni yengib o‘tgan Hadson-Odoi karantin qoidalarini buzganligi sabab hibsga olindi


“Chelsi” hujumchisi Kallum Hadson-Odoi karantin qoidalarini buzganligi sabab huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan hibsga olindi, deya xabar qilmoqda The Sun.

Futbolchi o‘zining penthausida model qiz bilan uchrashgan, ular internet orqali tanishgan. 17-may, yakshanba tongida qiz Hadson-Odoining uyiga tez yordam va politsiya chaqirgan. Shundan so‘ng model shifoxonaga olib ketilgan, Kallum esa voqea joyida qo‘lga olingan. Xabarda qiz nima sababdan tez yordam va politsiyaga murojaat qilgani ochiqlanmagan.

Futbolchining qo‘shnilariga ko‘ra, model ko‘rinishidagi qiz 16-may, shanba kuni kechki soat 20:00 atrofida futbolchining uyiga tashrif buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, Hadson-Odoiga 12-mart kuni koronavirus tashxisi qo‘yilgandi. Avvalroq 19 yoshli hujumchi virusdan to‘liq forig‘ bo‘lgani va mashg‘ulotlarga kirishgani ma’lum qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют