» » Xitoylik epidemiolog Uxan hukumatini epidemiya ko‘lamini yashirishda aybladi

Xitoylik epidemiolog Uxan hukumatini epidemiya ko‘lamini yashirishda aybladi


Xitoy hukumati Uxan shahridagi 2019-yilning dekabrida birinchi bor koronavirus tarqalgan laboratoriyani tekshiruvdan o‘tkazdi. Bu haqda hukumatning koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha yetakchi maslahatchisi Chjun Nanshanga tayanib, CNN telekanali xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, fevral oyining boshlari Xitoyning kasalliklarni nazorat qilish organlari Uxandagi virusologiya instituti laboratoriyasini tekshirishga ikki hafta vaqt sarflagan. Ular kasallikning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklarni qidirgan. Biroq hech qanday isbot topilmagan.

Nanshanning aytishicha, u Uxan institutida ishlaydigan virusolog do‘sti Shi Chjenli bilan bu borada suhbatlashgan. U virusning laboratoriyadan tarqalish ehtimolligi haqida o‘z fikrini bildirgan. “Uning aytishicha, bu mutlaqo bema’ni narsa bo‘lib, u hech qachon bunday ish qilmagan. Chjenlining so‘zlariga ko‘ra, o‘zlarida bor qurilmalar va ishchi kuchi hisobga olinadigan bo‘lsa, u vaqtda hech qanday sun’iy virusni yaratish imkoniyati bo‘lmagan”, — deydi maslahatchi.

Nanshan yana bir bor mahalliy hukumat avval boshida kasallar va sodir bo‘lgan hodisa ko‘lamini kamaytirib ko‘rsatishga uringanini tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shubha Uxanda koronavirusga chalinganlar soni 10 kun davomida ketma-ket o‘zgarishsiz qolganidan so‘ng, paydo bo‘lgan. Bu vaqtga kelib esa infeksiya Xitoydan tashqarida ham tarqalishga ulgurgan.

20-yanvar kuni Chjun Nanshan birinchilardan bo‘lib Xitoy markaziy televideniyesi orqali COVID-19 koronavirus infeksiyasi insondan insonga yuqishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: JSST koronavirusning dastlab Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida paydo bo‘lganiga aniq dalillar yo‘qligini ma’lum qildi

Aprel oyining o‘rtalarida Fox News telekanali koronavirusning Uxanda laboratoriya sharoitida yaratilganini taxmin qilgandi. Donald Tramp ham koronavirus laboratoriyada yaratilganini isbotlovchi dalillari borligini bildirgan. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Xitoy kasallik tarqalishi yuzasidan muhim axborotga ega bo‘lgani, ammo uni o‘z vaqtida oshkor qilmaganini aytgan.

Bunga javoban JSST AQSh koronavirus laboratoriyada yaratilgani to‘g‘risida hech qanday ma’lumot taqdim etmaganini, koronavirus Xitoy laboratoriyalarida paydo bo‘lgani to‘g‘risidagi bayonotni spekulyativ deb aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют