» » Ozodbek Nazarbekov ozbek tili haqida gapirgan Rossiya rasmiysiga javob qaytardi

Ozodbek Nazarbekov ozbek tili haqida gapirgan Rossiya rasmiysiga javob qaytardi


Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Mariya Zaxarova Ozbekistonda davlat tili boyicha ornatilayotgan tartiblarhaqida gapirib,rasmiy idoralarda ozbek tilining majburiy qilinishini kamchilik yoqlayotganiga ishora qilgandi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bunga javobanFacebookdagi rasmiy sahifasida munosabat yozib qoldirdi.

Sozlarimni yaqin tarixdan boshlamoqchiman. Ozbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov yurt mustaqilligini elon qilganda, zalda otirganlarning aksariyati doppi kiygandi. Oradan hech qancha otmay boshdan doppilarni yechdik. Bu voqeani nega esladik? Gap shundaki, biz mustamlaka paytida qadriyatlarimizni avaylashga koproq urinardik. Chunki ularga ochiq tahdid bor edi. Tahdidlar kotarilgach esa ushbu masalada xotirjamlikka berildik. Mumtoz musiqamiz, urf-odatlarimiz, milliy raqslarimiz-u, madaniy merosimiz, atlas-u doppilarimizni saqlab qoldik, deya ularga etiborimiz susaydi. Jumladan, millatimiz kozgusi bolgan tilimizga ham...

Kuni kecha OAVda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning Ozbekiston Adliya vazirligi tomonidan ozbek tiliga daxldor qonun loyihasi muhokamaga kiritilishiga doir munosabati elon qilindi. Avvalo, yurtimizda ozbeklar bilan tinch-totuv yashab kelayotgan kop sonli rus millati vakillariga, ularning tili va madaniyatiga chuqur ehtiromimni bildirgan holda bu boradagi fikrlarim bilan ortoqlashmoqchiman. Va shuni alohida takidlab otamanki, shaxsan men madaniyat targibotchisi sifatidaozbek tili ustuvorligini taminlovchi qonun qabul qilinishi tarafdoriman va unga amal qilishga tayyorman.

Men til masalasining millatimiz orasida har qancha muhokama qilinishiga qarshi emasman. Buni yoqlayman ham. Bu bizning ichki va faqatgina xalqimizga xos masalamiz. Ozbekiston mustaqillikning ilk kunlaridanoq tashqi siyosat borasida boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga qatiy amal qilib kelmoqda. Oz navbatida ichki siyosatda yechim topiladigan masalalarda oziga nisbatan ham xuddi shu tamoyil qollanilishi tarafdori.

Mariya Zaxarovaning fikrlari, avvalo, mana shu meyor chegarasini oshib otish sifatida baholanadi. Tilimizga nisbatan korsatilayotgan tasir madaniyatimizga aks javobning ilk qadamidir. Bunga insoniyat tarixida yetarlicha dalillar bor. Til ozini hurmat qilgan har qanday millat uchun eng bebaho qadriyatdir. Qadriyatini yoqotgan millat esa ozligini yoqotadi. Sobiq shorolar davrida rus tili maqomini kotarish maqsadida ozbek tilini mensimaslik, uni yoqotishga bolgan urinishlar, afsuski, oz bolsa-da, samara bergan. Va hali-hanuz biz uning tasiridan chiqib ketolmayapmiz.

Qaysi tilda muloqot qilish, albatta, har bir fuqaroning shaxsiy huquqi va bu qonun bilan himoyalangan. Lekin davlat tili maqomi haqida soz borar ekan bu boradagi har qanday qonunda faqat va faqat ozbek tilining ustuvorligi aks etishi shart!

Zaxarova xonimning aytishicha, rus tili filologiyasini oqitish, ruscha talimni rivojlantirish boyicha hamkorlik kengaytiriladi. Albatta, xorijiy tilni organishning foydasi bolsa borki, zarari yoq. Biroq til togrisidagi qonun loyihasi ozchilik tomonidan maqullangan, degan fikriga qoshilmayman.

Ozbek tili bu Navoiy bobomiz tili. Amir Temur, Buxoriy kabi uluglarimiz tili. U shunchalar mukammalki, bunga ortiqcha dalil va sharh shart emas. Rus tilining adabiy durdonalari, Pushkin, Lermontov, Tolstoylarning asarlari ozbek tiliga qanchalik mahorat bilan tarjima qilinganini yetuk mutaxassislar etirof etishgan. Rus tilida ishlangan filmlarning ozbekcha talqinlariga, hatto, rus ijodkorlarining ozlari ham tan berishgan. Mana shunday boy, jozibador tilimiz turganda unga teng qoyiladigan boshqa tilga ne hojat?

Ozbek tili haqida rossiyalik tilshunoslar fikr bildirishganida togri qabul qilamiz, biroq bu mavzu Tashqi ishlar vazirligi minbarida tilga olingani bekorga emas. Bu yerda aniq reja va siyosiy maqsadlar borligi kunday ravshan.

Men yurt farzandi sifatida tilimizdan qandaydir siyosiy manfaatlar yolida foydalanilishiga mutlaqo qarshiman. Rossiya hukumatidan esa ozbek millatining xohish-irodasi, qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bolishni sorayman. Ozbekiston suveren-demokratik davlat sifatida oz yolini ozi belgilashga qodir mamlakat.

Bu masalada boshqa hamkasblarimizni, jamoatchilikni, ozbek tilini or-nomus, milliy gurur ramzi deb biladigan barchani bebaho qadriyatimiz tilimiz himoyasiga chaqiraman.

Ozodbek Nazarbekov, Ozbekiston madaniya vaziri

AvvalroqOliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev vaYuksalish umummilliy harakati raisi AkmalBurhonov Mariya Zaxarovaning mazkur bayonotiga ozmunosabatlarini bildirgandi.

Eslatib otamiz, aprel oyining oxirlaridaOzbekiston Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishga doir qonunchilik talablariga rioya etmaganlik uchun mamuriy javobgarlik kiritish togrisidagi qonun loyihasinijamoatchilik muhokamasigaqoygan, undadavlat tilida ish yuritmagan mansabdorlar jarimaga tortilishi mumkinligibelgilangandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (18-05-2020, 11:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 22) ( 0) ( 19) ( 3)
:
-
:
20 ... -