» » Bu yerda emassiz, biroq biz bilansiz. Kyoln stadioni orindiqlari muxlislar liboslari bilan toldirildi (foto)

Bu yerda emassiz, biroq biz bilansiz. Kyoln stadioni orindiqlari muxlislar liboslari bilan toldirildi (foto)


Germaniya Bundesligasi qayta boshlanib, katta futbol havosi ufurgan bolsa ham, muxlislarsiz stadionlarni korish kongilni xijil qilmoqda. Shu sabab klublar sanitariya qoidalarini buzmagan holda orindiqlarni turli yollar bilan toldirishga urinmoqda. Avvalroq Myunxengladbaxning Borussiya jamoasi bu borada oziga xos yol tutgandi.

Kyoln klubi ham bunga chiroyli yechim topdi. Klub ishqibozlardan ozlari uchun omadli hisoblangan futbolka, sharf, oyinchoqlar jonatishni soradi va ular orqali markaziy tribuna toldirildi.

Futbolkalardan iborat mozaikaning kop qismi klub tomonidan qilingani korinib turibdi. Biroq qolgan orindiqlar aniq muxlislar libosi bilan tolgan: u yerda turli mavsum va hatto turli davrlarning futbolkalari bor.

Tribuna klub ijtimoiy tarmoqlarida shunday nomlandi: Siz bu yerda emassiz, biroq biz bilansiz.

Kyoln klubining timsoli aylangan Hyonnes IX echkisi bu safar maydonga tushmadi. Hozircha hayvonlarni stadionlarga olib kirish taqiqlangan. Biroq uning yumshoq versiyasi tribunadan orin oldi.

Muxlislar oz balkonlarida bir vaqtda toplanib, klub madhiyasini birgalikda kuylashini tashkil qilish maqsadida Kyoln rasmiy saytida maxsus dastur ishga tushirildi.

Maynsga qarshi kechgan bahsda Kyoln dastlab ikkita top farqi bilan oldinga otib oldi, biroq ikkinchi bolimdagi gollar evaziga mehmonlar muvoznatni tiklashga muvaffaq boldi 2:2.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (18-05-2020, 12:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -