» » Namanganda yana 7 kishi koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 2254 nafarga yetdi

Namanganda yana 7 kishi koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 2254 nafarga yetdi


Namangan viloyatida 17-may kuni 7 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Sog‘ayganlarning 2 nafari Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 3 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Sog‘ayganlarning barchasi Namangan viloyatidan (3 nafari Namangan shahridan, 2 nafardan Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridan). Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 15 yosh.

Viloyatda shu paytga qadar 207 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 214 nafarga yetdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlarning umumiy soni 2254 nafarni tashkil etmoqda.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 17-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, 2762 nafarga yetdi. Bemorlarning 12 nafari esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют