» » Xiaomi o‘zining yangi Redmi Note 10 Pro smartfoni kamerasi imkoniyatlarini namoyish etdi

Xiaomi o‘zining yangi Redmi Note 10 Pro smartfoni kamerasi imkoniyatlarini namoyish etdi


Xiaomi Group China prezidenti va Redmi bosh direktori Lu Veybing Redmi Note 10 Pro smartfonidan olingan ilk suratlar bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi IXBT.

An’anaga ko‘ra, barcha yangi Xiaomi va Redmi smartfonlari kabi Note 10 Pro’ga ham ajoyib zum o‘rnatiladi. Aniq tavsifi haqida ma’lum qilinmagan, biroq kameraning yaqinlashtirish funksiyasiga hozirning o‘zida baho berish mumkin.

Ushbu haftada smartfon Xitoyning TENAA regulyatori ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi, unga ko‘ra, Redmi Note 10 Pro Dimensity 800 bir kristalli tizimi bazasida yaratiladi. OLED ekran diagonali 6,57 dyuymga teng bo‘lib, piksellar soni 2400 x 1080 ni tashkil etadi.

Asosiy kameraning kvadrat blokida suratga olishga mo‘ljallangan uchta datchik va yorug‘lik diodli chaqnoq (vspishka) joylashgan. Asosiy sensor 64 megapiksellga teng. Redmi Note 10 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi va unga 4520 mA/soat sig‘imga ega akkumulyator o‘rnatilgan. Foydalanuvchilarga 6/64, 6/128, 8/128 va 8/256 gigabayt xotiraga ega versiyalari taklif etiladi.

Smartfon Android 10 operatsion tizimida ishlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют