» » Xorazmda Toshkent farmatsevtika institutining filiali tashkil etiladi

Xorazmda Toshkent farmatsevtika institutining filiali tashkil etiladi


Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyati Hazorasp tumanini 2020—2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari bilan birgalikda “Xorazm viloyati Hazorasp tumanini 2020—2022-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi” ishlab chiqilgan.

Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

Shuningdek, dasturga muvofiq, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Xorazm viloyat hokimligi:

Hazorasp tumani Sanoat qishlog‘i, “Sanoat” mahallasida joylashgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga qarashli eski tibbiyot kolleji binosi negizida Hindiston, Rossiya hamda farmatsevtika sohasi rivojlangan Yevropa davlatlarining malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda Toshkent farmatsevtika instituti Hazorasp filialini tashkil qilish bo‘yicha taklifiga rozilik beriladi va bir oy muddatda Toshkent farmatsevtika instituti Hazorasp filialini tashkil qilish bo‘yicha hukumat qaror loyihasini ishlab chiqib belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Qaror loyihasi muhokamasi 31-mayga qadar davom etadi. Uning to‘liq matni bilan quyida havola orqali tanishish mumkin.

Avvalroq Farg‘ona jamoat salomatligi va profilaktik tibbiyot instituti tashkil etilishi haqida Prezident qarori muhokama uchun e’lon qilingani xabar berilgan edi.

Shuningdek, O‘zbekistonda tibbiyot kollejlari Ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumlariga aylantirilishi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti tashkil etilishi xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют