» » Robert Levandovski ketma-ket 5 yildan beri mavsumiga 40 ta gol urmoqda

Robert Levandovski ketma-ket 5 yildan beri mavsumiga 40 ta gol urmoqda


“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski klub safida ketma-ket besh mavsumdan buyon 40 ta va undan ortiq gol urib kelmoqda.

Levandovski Bundesliga 26-turidan o‘rin olgan “Union”ga qarshi bahsda (2:0) penaltini aniq amalga oshirgan holda o‘z hisobiga navbatdagi golni yozdirib qo‘ydi. Bu polshalik futbolchi uchun joriy mavsumdagi 40-gol bo‘ldi. Ularning 26 tasini u Germaniya chempionatida urgan, yana 11 ta gol Chempionlar Ligasida, uchtasi esa Germaniya Kubogi bahslarida kiritilgan.

O‘tgan mavsum Levandovski 40 ta gol urishga erishgandi. Uning eng yaxshi ko‘rsatkichi 2016/17-yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi — 43 ta gol.

Eslatib o‘tamiz, 16-may kunidan boshlab Germaniya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi davom ettirilmoqda. Liga bahslari koronavirus pandemiyasi sabab mart oyida to‘xtab qolgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют