» » Tramp AQShda koronavirusga chalinayotgan bemorlar soni kamayayotganini ma’lum qildi

Tramp AQShda koronavirusga chalinayotgan bemorlar soni kamayayotganini ma’lum qildi


AQShda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish bo‘yicha qayd etilayotgan yangi holatlar sezilarli darajada kamaymoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yozib qoldirdi.

“Qo‘shma Shtatlarning barcha hududi bo‘ylab koronavirusga chalinish holatlari sezilarli darajada kamaymoqda, ayrim istisnolardan tashqari”, — deb yozadi Amerika yetakchisi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, mazkur ma’lumot o‘zi uchun yaxshi yangilik hisoblanadi.

May boshida Tramp AQShda koronavirusga qarshi vaksinaning qachon paydo bo‘lishi haqida gapirgan va amerikalik olimlarning COVID-19 bilan kurasha oladigan vaksina 2020-yil oxirigacha yaratilishini taxmin qilgan.

Mavzuga doir:

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1,4 million kishidan oshgan, virus qurbonlari soni esa qariyb 90 ming kishiga yaqinlashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют