» » Yangilangan Infiniti QX80 hashamatli zirhli mashinaga aylantirildi (video)

Yangilangan Infiniti QX80 hashamatli zirhli mashinaga aylantirildi (video)


Kanadadagi zirhli avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Inkas atelyesi yangilangan Infiniti QX80’ning o‘q o‘tmaydigan versiyasini taqdim etdi. Yo‘ltanlamas BR6 standarti bo‘yicha ballistik himoyaga ega hashamatli avtomobilga aylantirilgan, deb xabar beradi Motor.

Torontodagi ustaxona yangi zirhli mashinaning asosi sifatida 400 ot kuchiga ega 4,6 litrli V8 atmosfera dvigateli o‘rnatilgan Infiniti QX80’dan foydalangan. Himoyalangan yo‘ltanlamasni oddiy QX80’dan deyarli ajratib bo‘lmaydi: qalin oynalar farqni bildiradi xolos.

Infiniti 7,62 kalibrli o‘qqa, shuningdek, ikkita DM51 qo‘l granatalari portlashiga bardosh bera olishi uchun Inkas mutaxassislari mashina salonini kapsulaga aylantirgan. Amalga oshirilgan ishlarni beshinchi eshikni ochish orqali ko‘rish mumkin: orqa eshik ortida xuddi seyfniki kabi yana bir eshik joylashgan.

Inkas atelyesi QX80’ning og‘irligi qanchaga tengligi haqida ma’lumot bermagan, biroq ta’kidlanishicha, eshik ilgaklari kuchaytirilgan, chidamkor tormozlar o‘rnatilgan, elektron qurilmalari, akkumulyator va dvigateli qo‘shimcha himoyalangan. Bundan tashqari, yo‘ltanlamasga maxsus shinalar “kiygizilgan”.

Yo‘ltanlamas saloni to‘rt kishiga mo‘ljallangan. Interyeri qora charm va yog‘ochdan ishlangan, old o‘rindiqlarning bosh qo‘yadigan qismiga monitorlar o‘rnatilgan. Shuningdek, ovoz-signalli qurilma, o‘t o‘chiruvchi tizim, hujum vaqtida atrofdagilarni o‘ziga jalb etishga mo‘ljallangan sirena mavjud.

Zirhli mashinaning narxi hozircha e’lon qilinmagan, biroq u odatdagi QX80’dan kamida ikki barobarga qimmat bo‘lishi aniq. AQShda QX80 taxminan 91,5 ming dollar turadi, shu sababli himoyalangan yo‘ltanlamas narxi 200 ming dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Video: Zirhlangan BMW X5 Kalashnikov avtomati o‘qiga qarshi poygaga chiqdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют