» » Shimoliy Koreya AQShga zarba berishni aks ettiruvchi videoni namoyish qildi (video)

Shimoliy Koreya AQShga zarba berishni aks ettiruvchi videoni namoyish qildi (video)


Shimoliy Koreya televideniyesi AQSh bo‘ylab raketa zarbasi berilishini aks ettiruvchi filmni namoyish qildi. Bu haqda 19-aprel, chorshanba kuni “Ryonxap” agentligi xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Kim Ir Sen tug‘ilgan kunining 105-yilligiga bag‘ishlangan tantanada namoyish etilgan videorolikda yangi ballistik raketa va uning uchirilishi tasvirlangan. U okean ustidan uchib o‘tib, AQSh shaharlaridan biriga zarba beradi. Keyingi kadrda qabriston fonida yonayotgan Amerika bayrog‘i ko‘rsatilgan.

Namoyishdan oldin bo‘lib o‘tgan paradda yangi qit’alararo ballistik raketasi namoyish etilganligi taxmin qilinmoqda.

Ekspertlar KXDR Koreya xalq armiyasi tashkil etilganligi nishonlanadigan 25-aprel kuni oltinchi yadro sinovini amalga oshirishi yoki raketa uchirishi mumkin deb hisoblamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют