» » Toshkentdan viloyatlarga dastlabki poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkentdan viloyatlarga dastlabki poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi


“Afrosiyob” tezyurar poyezdi bugun, 18-may kuni soat 07:00 da “Toshkent Markaziy temiryo‘l vokzalidan Toshkent–Buxoro–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga chiqdi. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari”AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, poyezdlar qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari so‘zsiz bajarilishi ta’minlanmoqda.

Qayd etilishicha, poyezdlarga chiqishda yo‘lovchilar sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi markazi tomonidan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan ko‘p bo‘lmagan va tahlil natijasi manfiy ekanligi haqidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari kerak.

“Temiryo‘l vokzallari hududiga kirganda barcha yo‘lovchilarga bir martalik himoya niqoblari va qo‘lqoplar berilmoqda hamda temiryo‘l vokzallarida ijtimoiy masofani saqlashlari va yo‘naltiruvchi maxsus tasmalar bo‘ylab harakatlanishlari ta’minlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

“O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ tasarrufidagi Markaziy sanitariya epidemiologiya stansiyasi mutaxassislari tomonidan vokzalga kirayotgan har bir yo‘lovchi qat’iy ravishda dezinfeksiya qilinib, teplovizorlarda harorati o‘lchanmoqda. Yo‘lovchilar poyezd vagonlariga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtirildi. Poyezdlarga elektron chiptalar onlayn tarzda sotilmoqda. Elektron chipta olish imkoniyati bo‘lmagan yo‘lovchilar temiryo‘l vokzallari kassalaridan chipta olishlari mumkin bo‘ladi. Chipta olgan yo‘lovchilar tomonidan yo‘lovchilar so‘rovnomasi (marshrut varag‘i) to‘ldiriladi.

Temiryo‘l vokzallarining yo‘lovchilar bilan bevosita muloqotda bo‘ladigan barcha xodimlari, davlat organlari hamda maxsus xizmat xodimlari kundalik faoliyati davomida bir martalik 8 soatli himoya niqobi va qo‘lqoplar, shuningdek, yuz va ko‘z qismini himoyalovchi maxsus shaffof niqob, dezinfeksiya va antiseptik vositalar bilan ta’minlangan.

Tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan yo‘lovchilar sog‘liqni saqlash xodimlari nazoratiga topshiriladi. Sog‘liqni saqlash xodimlarining xulosasiga ko‘ra, yo‘lovchiga temiryo‘l xizmatlaridan foydalanishiga ruxsat berilmaydi. Bunday holatlarda yo‘lovchiga chipta puli o‘rnatilgan tartibda qaytarib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 14-maydagi qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 1-iyunga qadar uzaytirildi. Shu bilan birga, 15-maydan boshlab bir qator faoliyat turlariga qayta ish boshlash uchun ruxsat berilgan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hududlar so‘nggi ikki haftadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan. Xususan, 14 kun ichida koronavirusga chalingan shaxslar aniqlangan hududlar “qizil”, koronavirusga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq kasallikdan davolanayotganlar bo‘lgan hududlar “sariq”, 14 kun ichida koronavirusga chalinganlar aniqlanmagan va bemorlarning bari davolanib bo‘lgan hududlar “yashil” toifaga kiritiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют