» » “Stadionga kiritmasa ham yo‘lini topamiz”. Ikki muxlis “Union”—“Bavariya” o‘yinini 12 metrlik daraxtga chiqib kuzatdi

“Stadionga kiritmasa ham yo‘lini topamiz”. Ikki muxlis “Union”—“Bavariya” o‘yinini 12 metrlik daraxtga chiqib kuzatdi


“Union” muxlislari Bundesliga 26-turidan o‘rin olgan “Bavariya”ga qarshi o‘yinni jonli ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikki nafar ishqiboz “Union” stadioni yonidagi 12 metrlik daraxtga chiqib uchrashuvni kuzatib borgan, deya xabar qilmoqda Bild. Ikkisi ma’lum vaqt futbol tomosha qilgan, biroq politsiya ularni ko‘rib qolgan va pastga tushishga majbur qilgan. Muxlislar jazoga tortilmagan, ular shunchaki o‘yingoh hududidan chiqarib yuborilgan.

Mazkur bahsda “Bavariya” maydon egalari ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi va ochkolarini 58 taga yetkazib olgan holda peshqadamlikni mustahkamladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 21) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют