» » Samarqandda yana 21 kishi koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 2275 nafarga yetdi

Samarqandda yana 21 kishi koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 2275 nafarga yetdi


Samarqand viloyatida 17-may kuni 21 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Tuzalganlarning 20 nafari Samarqand viloyatidan (5 nafari Samarqand shahridan, 4 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Oqdaryo tumanidan, Payariq, Samarqand, Pastdorg‘om va Ishtixon tumanlaridan 2 nafardan), qolgan 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatidan. Barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 10 nafari erkak, 11 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi esa 8 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 154 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 175 nafarga yetdi.

Shu kuni 7 kishi koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 2254 nafarga yetgani xabar berilgan edi. Endi esa koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlarning umumiy soni 2275 nafarni tashkil etmoqda.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 17-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, 2762 nafarga yetdi. Bemorlarning 12 nafari esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют