» » Toshkentda koronavirusga chalingan samarqandlik bemor vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan samarqandlik bemor vafot etdi


Samarqandlik fuqaro I. (erkak) 14-may kuni og‘ir ahvolda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan edi. O‘tkazilgan diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Shundan keyin bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga o‘tkazilgan. Bemor uzoq vaqt davomida jigar sirrozi tashxisi bilan davolanib kelgan. Bundan tashqari, unda semizlik, anemiyaning og‘ir darajasi kabi qator hamroh kasalliklar ham mavjud bo‘lgan.

Klinikada bemorga mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam ko‘rsatilgan. Vazirlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham o‘tkazilib, doimiy nazorat ta’minlangan.

“Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor 18-may kuni yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan”, — deya xabar bermoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Bungacha

vafot etgani ma’lum qilingan edi.

Ma’lumot uchun, 18-may soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 2762 ta holat aniqlangan. 18-may soat 15:30 holatiga ko‘ra bemorlarning 2293 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют