» » “Chelsi” Jorjinyoning narxini e’lon qildi. Unga “Yuventus”dan taklif bor

“Chelsi” Jorjinyoning narxini e’lon qildi. Unga “Yuventus”dan taklif bor


“Chelsi” rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Jorjinyo transferi borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Tuttosport’ning xabar qilishicha, londonliklar 28 yoshli o‘yinchini 65-70 million yevroga baholamoqda. Italiyalik futbolchining xizmatlariga “Yuventus”dan qiziqish bor. Turinliklar ustozi Mauritsio Sarri avvalroq Jorjinyo bilan “Napoli” va “Chelsi”da birga ishlagan. “Ko‘klar” aynan Sarrining talabi bilan 2018-yilda futbolchini sotib olgandi.

“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard Jorjinyoni jamoada olib qolishni istamoqda, biroq yarim himoyachining o‘zi “Yuventus”ga o‘tish niyatida.

Jorjinyoning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt’ga ko‘ra, futbolchining narxi 52 million yevroga teng.

Joriy mavsum Jorjinyo klub miqyosida 37 o‘yin o‘tkazib, yettita gol va ikkita samarali uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 19) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют