» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2779 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2779 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 18-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 kishiga oshib, 2779 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining barchasi oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Avvalroq, 18-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni jami 2762 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, hozirgacha O‘zbekistonda 2293 kishi koronavirusdan sog‘aygan, bemorlarning 13 nafari esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan. Ayni paytda 473 nafar bemor davolanishda qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют