» » Toshkentda koronavirusga chalingan yana 18 nafar bemor tuzaldi, ular orasida 3 yoshli egizaklar ham bor

Toshkentda koronavirusga chalingan yana 18 nafar bemor tuzaldi, ular orasida 3 yoshli egizaklar ham bor


Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17-may kuni 18 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Tuzalganlarning 10 nafari erkak, 8 nafari ayollardir. Ularning 15 nafari chet eldan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 6 nafari Samarqand viloyatidan, 3 nafardan Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan, 1 nafardan Toshkent shahri va Farg‘ona, Xorazm viloyatlaridan, 3 nafari esa Tojikiston respublikasidan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 3 yoshli egizaklardir.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 733 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 751 nafarga yetdi.

Shu kuni Namanganda 7 kishi, Samarqandda 21 kishi koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 2275 nafarga yetgani xabar berilgan edi. Endi esa sog‘ayganlarning umumiy soni 2293 nafarni tashkil etmoqda.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 17-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, 2779 nafarga yetdi. Bemorlarning 12 nafari infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan. Ayni paytda 473 nafar bemor davolanishda qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют