» » Koronavirus O‘zbekiston davlat budjetiga 2020-yilning 3 oyida qanday ta’sir ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi

Koronavirus O‘zbekiston davlat budjetiga 2020-yilning 3 oyida qanday ta’sir ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston Moliya vazirligi 2020-yil birinchi chorak yakunlari bo‘yicha davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida axborot tahliliy sharhni taqdim etdi.

Vazirlik tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yil birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, davlat budjeti daromadlari 28,5 trillion so‘mni, xarajatlari esa 27,7 trillion so‘mni tashkil etib, davlat budjeti profitsiti 0,8 trillion so‘mni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,5 foizni tashkil etdi.

Asosiy ko‘rsatkichlar

O‘zbekiston davlat budjetining 2020-yil birinchi chorakdagi daromadlari 28,5 trillion so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 trillion so‘mga ko‘proqni tashkil etdi. Budjet daromadlari tarkibida 2020-yil birinchi choragida soliq tushumlari 23,8 trillion so‘mni tashkil qilgan. Ular o‘tgan yilning birinchi choragi bilan solishtirganda 5,3 trillion so‘mga ko‘paygan. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha mintaqalararo inspeksiya to‘liq faoliyat yurita boshladi va 15,4 trillion so‘m yoki soliq organlari tomonidan ma’muriylashtiriladigan barcha daromadlarning 65 foizi yig‘ilishini ta’minlab berdi.

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, koronavirus pandemiyasi 2020-yil birinchi choragida budjet daromadlarining tushumiga katta ta’sir ko‘rsatmagan. Bunga daromadlar asosan 2019-yilning dekabridan 2020-yilning fevral oyigacha bo‘lgan iqtisodiy faoliyat natijalaridan shakllantirilgani sabab bo‘lgan.

Masalan, joriy yilning birinchi choragida 4,8 trillion so‘m miqdoridagi bojxona to‘lovlarining tushumi ta’minlandi, o‘tgan yilning xuddi shu davrida bojxona to‘lovlari tushumi 3,4 trillion so‘m bo‘lgan edi. Bu tushumlar orasida eng katta ulushni quyidagilar tashkil etdi: import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i — 3,8 trillion so‘m, aksiz solig‘i — 0,2 trillion so‘m, bojxona boji — 0,6 trillion so‘m.

Soliqlar kesimida davlat budjeti daromadlarining asosiy ulushi quyidagilar hisobidan shakllantirildi: QQS — 7,2 trillion so‘m (umumiy tushumlarning 25,4 foizi), foyda solig‘i — 6,3 trillion so‘m (22,1 foiz), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 3,6 trillion so‘m (12,5 foiz), yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq — 3,9 trillion so‘m (13,6 foiz) va aksiz solig‘i — 3,2 trillion so‘m (11,1 foiz).

Soliqlar tushumi

Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha joriy yil birinchi choragidagi tushumlar (7,2 trillion so‘m) o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 0,5 trillion so‘mga kamaydi. Tushumlar hajmining kamayishiga soliqning 20 foizdan 15 foizga pasaytirilishi, shuningdek, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qabul qilinishi bilan 2020-yil 1-yanvardan yangi qoidalarning kuchga kiritilishi sabab bo‘ldi.

Shu o‘rinda, soliqning nol stavkasini qo‘llaydigan korxonalarga QQSni qoplash amalga oshirilmoqda. Bunda joriy yilning birinchi choragidagi qoplash summasi 1 trillion so‘mdan ko‘pni tashkil etdi.

Shu bilan birga, avtomobil sanoati korxonalariga berilgan imtiyozlarning bekor qilinishi hisobiga joriy yilning birinchi choragida budjetga qo‘shimcha tushumlar 350 milliard so‘mni, shu jumladan, import bo‘yicha — 150 milliard so‘mni tashkil etdi.

Foyda solig‘i bo‘yicha tushumlar hisobot davrida taxminan 6,3 trillion so‘mni tashkil etdi, bu 2019-yilning shu davridagiga nisbatan 3,9 trillion so‘mga ko‘pdir. Tushumlarning o‘sishi umumiy iqtisodiy o‘sish (chorakdan chorakka) bilan bir vaqtda oltin qazib olish sanoati korxonalarining qariyb 3 trillion so‘mlik foyda solig‘i bo‘yicha tushumlari hisobiga ta’minlandi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan mazkur soliqdan joriy yilning birinchi choragida qariyb 3,6 trillion so‘m kelib tushdi, o‘tgan yilning xuddi shu davrida 2,7 trillion so‘m bo‘lgan edi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining bazaviy stavkasi 12 foiz bo‘lib o‘zgarishsiz qoldi. Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan soliqning qat’iy belgilangan miqdorlari (ilgari qat’iy belgilangan soliq) ularga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lashni tanlash huquqini berish bilan 2020-yildan 25 foizga pasaytirildi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar tarkibida ish beruvchilar (soliq agentlari) tomonidan bazaviy stavkada ushlab qolinadigan soliqlar 93 foizni tashkil qiladi. Tushumlarning yalpi hajmida dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlardan undiriladigan soliq ulushi 2 foizni, yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan soliq ulushi 3 foizni tashkil etadi.

Soliq solishning yassi stavkasining joriy etilishi, davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalar uchun ijtimoiy soliqning 25 foizdan 12 foizga pasaytirilishi, shuningdek, eng kam ish haqining oshirilishi legal sektordagi mehnatga haq to‘lash fondini 37 foizga oshirishga turtki bo‘ldi. Qabul qilingan choralardan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ham yutdi. Davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalar uchun birgina ijtimoiy soliqning 25 foizdan 12 foizgacha pasaytirilishi ular ixtiyorida 1 trillion so‘m atrofida mablag‘ qolishini ta’minladi.

Aksiz solig‘i bo‘yicha yalpi tushumlar joriy yilning birinchi choragida taxminan 3,2 trillion so‘mni, shu jumladan, yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan neft mahsulotlari bo‘yicha — 543,5 milliard so‘mni, tamaki mahsulotlari bo‘yicha — 395,8 milliard so‘mni, alkogolli mahsulotlar bo‘yicha — 335,4 milliard so‘mni, mobil aloqa xizmatlari bo‘yicha — 334,9 milliard so‘mni, polietilen granulalar bo‘yicha — 56,9 milliard so‘mni tashkil etdi.

Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i. Yer uchastkalari, mol-mulk va suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish maqsadida 2020-yildan bozorlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, gastrol-konsert faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar quyidagilarni to‘lashga o‘tkazildi.

Joriy yilning birinchi choragida yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha tushumlar 2019-yilning xuddi shu davri bilan solishtirganda 162,1 milliard so‘mga kamaygan. Bu 2019-yil boshida mol-mulk solig‘i 2018-yil uchun hisob-kitoblarga binoan 5 foiz stavkada tushganligi bilan bog‘liqdir.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha tushumlar 2020-yilning birinchi choragida o‘tgan yilning xuddi shu davri bilan solishtirganda 564,5 milliard so‘mga oshib, 3,9 trillion so‘mni tashkil etdi. O‘sish quyidagi omillar bilan bog‘liq bo‘ldi:

Keyingi ikkita omil bo‘yicha qo‘shimcha tushumlar qariyb 40 milliard so‘mni tashkil etdi.

Davlat budjetining xarajatlari ijrosi

Davlat budjetining 2020-yil birinchi chorakdagi xarajatlari 27,661 trillion so‘mni yoki jami yillik tasdiqlangan xarajatlarning 21,1 foizini tashkil etdi. Shundan, respublika budjeti xarajatlari 18,153 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, mahalliy budjetlar orqali 9,508 trillion so‘mlik xarajatlar moliyalashtirilgan.

Ijtimoiy sohaga xarajatlar

Hisobot davrida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan 15,550 trillion so‘m yoki umumiy xarajatlarning 56,6 foizi miqdorida mablag‘ sarflandi. Ijtimoiy xarajatlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishi 18,5 foizni tashkil etdi.

Ijtimoiy xarajatlarning asosiy qismini tashkil etgan ta’lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish xarajatlariga davlat budjetidan 7,961 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Shundan maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash xarajatlari uchun 1,426 trillion so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 450,5 milliard so‘m yoki qariyb 1,5 baravarga ko‘p), jumladan, oziq-ovqat sotib olish xarajatlariga 162,6 milliard so‘m (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 53,6 milliard so‘mga yoki 1,5 baravarga ko‘p) mablag‘lar ajratilgan.

Xususan, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga amalga oshirgan xarajatlarini qisman qoplash uchun 134,5 milliard so‘mlik subsidiyalar (2019-yil birinchi choragida 6,9 milliard so‘m) ajratilgan.

Ilm-fanni rivojlantirishga hisobot davrida 150,0 milliard so‘m yoki ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘larning 1 foizi miqdorida mablag‘ ajratildi (2019-yil birinchi choragida — 0,3 foiz).

Sog‘liqni saqlash sohasiga davlat budjetidan yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori 3,883 trillion so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,084 trillion so‘mga (1,4 baravarga) ko‘p mablag‘lar ajratilgan. Ajratilgan mablag‘ning jami davlat budjeti xarajatlaridagi ulushi 14 foizni (2019-yilda — 11,6 foiz) tashkil etdi. Jumladan, dori-darmonlar xarid qilish xarajatlariga 252,2 milliard so‘m (2019-yilda — 189,9 milliard so‘m) ajratilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning birinchi choragida sog‘liqni saqlash sohasiga tashkil etilgan Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 343,6 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Ushbu mablag‘lar quyidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirildi:

Madaniyat va sport sohasiga davlat budjetidan 2020-yilning birinchi choragida yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori 541 milliard so‘mni tashkil etib, ushbu xarajatlarning 249,2 milliard so‘mi madaniyat sohasi, 291,8 milliard so‘mi sport sohasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Madaniyat va sport sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 58,6 foizga o‘sgan. Buni quyidagilar bilan izohlash mumkin: O‘zbekiston Prezidentining qaroriga asosan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida 186 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari tashkil etildi. Shuningdek, Milliy kutubxonaning 2020-yil shtatlar jadvalida 92 ta qo‘shimcha shtat birligi ajratildi. Bu esa o‘z navbatida, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan xarajatlarni 18,2 milliard so‘mga oshirgan.

Shuningdek, milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi doirasida badiiy film, hujjatli film va multiplikatsion filmni suratga olish, shuningdek, qisqa metrajli va bolalar yumoristik filmlarini suratga olish xarajatlariga joriy yilning birinchi choragida 19,3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,9 milliard so‘mga ko‘pdir.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimlarining gonorar to‘lovlari, radio aloqa, radio eshittirish va televideniya markazi xizmati hamda boshqa amalga oshirilgan xarajatlar hisobiga o‘tgan yilgi raqamlarga nisbatan xarajatlar 24 milliard so‘mga oshgan.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, sport maktablari hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari ayrim xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2020-yil 1-yanvardan o‘rtacha 1,35 baravarga oshirilgan bo‘lib, natijada sport maktablarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari bo‘yicha xarajatlar 2019-yilning birinchi choragiga nisbatan 58,3 milliard so‘mga oshganligi sabab bo‘lgan.

Ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam, kompensatsiya to‘lovlari va aholi bandlik darajasini oshirishga davlat budjetidan hisobot davrida 1,668 trillion so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davrida ajratilgan mablag‘ga nisbatan 293,6 milliard so‘m ko‘proq mablag‘ ajratildi, o‘sish 21,4 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyotga amalga oshirilgan xarajatlar joriy yilning birinchi choragida 3,158 trillion so‘mni tashkil qilib, ushbu xarajatlar jami davlat budjeti birinchi chorak xarajatlarining 11,4 foizini tashkil etdi. Iqtisodiyot xarajatlari, asosan quyidagi yo‘nalishlarga amalga oshirildi:

Davlat hokimiyati, boshqaruv, adliya, prokuratura va sud organlari ta’minotiga hisobot davrida 1,781 trillion so‘m yoki jami davlat budjeti xarajatlarining 6,4 foizi yo‘naltirildi.

Davlat budjeti ijrosining iqtisodiy tasnif bo‘yicha ijrosini tahlili ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha jami xarajatlarning ulushi o‘tgan yilning birinchi choragidagi 35,2 foizdan hisobot davrida 39 foizga yetganligini ko‘rsatmoqda. Joriy yilning birinchi choragi davomida budjet tashkilotlarining qariyb 10,8 trillion so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari hamda 2,3 trillion so‘mdan ortiq ish haqiga nisbatan ajratmalari o‘z muddatlarida to‘liq moliyalashtirilishi ta’minlandi.

Shuningdek, hisobot davrida 1,6 trillion so‘mlik kapital qo‘yilmalar va 12,8 trillion so‘mlik boshqa xarajatlar moliyalashtirildi.

Joriy yilning birinchi choragida subsidiyalar miqdorining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan oshishiga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Pensiya jamg‘armasiga 655 milliard so‘m miqdorida transfert ajratilishi sabab bo‘lgan.

Mahalliy budjetlar ijrosi

Hisobot davrida mahalliy budjetlarning daromadlar qismi prognozga nisbatan 113,2 foizga bajarildi yoki 6,263 trillion so‘mni, xarajatlar qismi esa rejaga nisbatan 89,8 foizga ijro etilib, 9,508 trillion so‘mni tashkil etdi. 2020-yilning birinchi choragi davomida mahalliy budjetlarda quyidagilar hisobidan 1 781,3 milliard so‘mlik qo‘shimcha xarajat manbalari hosil bo‘lgan:

Shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklarining tegishli qaror (farmoyish)lari bilan turli tadbirlarni moliyalashtirish uchun 1,368 trillion so‘mlik mablag‘lar yo‘naltirildi.

Xususan, mahalliy budjetlarning erkin qoldiq, musodara, xususiylashtirish va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablag‘lari hisobidan quyidagi xarajatlarga mablag‘ ajratildi:

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi 445-sonli qarori bilan moliya va soliq idoralari o‘zaro hamkorlik qilishi belgilab qo‘yilgan. Uning ijrosini ta’minlash maqsadida moliya va soliq idoralari hamkorligida o‘tkazilgan monitoring va o‘rganishlar natijasida 2020-yil 1-aprel holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetiga jami 125,9 milliard so‘mlik qo‘shimcha daromadlar jalb qilindi. Jumladan:

boshqa faoliyatlar bo‘yicha tashkil qilingan monitoring, xatlov va o‘rganish davomida jami 15 250 ta holatda 53,1 milliard so‘m budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga qo‘shimcha daromadlar zaxiralari aniqlangan.

Eslatib o‘yamiz, koronavirus sababli 2020-yil davlat budjetiga o‘zgartirish kiritildi va budjet xarajatlari optimizatsiya qilindi.

Mavzuga doir: Markaziy bank: O‘zbekistonda YaIMning o‘sishi 2020-yilda 1,5 foizgacha pasayadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют