» » Qirg‘izistonlik UFC chempioni Valentina Shevchenko Genri Sehudo bilan jang qilmoqchi

Qirg‘izistonlik UFC chempioni Valentina Shevchenko Genri Sehudo bilan jang qilmoqchi


Mutlaq yengil vaznda UFC chempioni Valentina Shevchenko promoushenning erkaklar o‘rtasida ikki vazn toifasidagi chempioni Genri Sehudo bilan jang qilishga tayyor ekanini bildirdi.

“Bunda hech qanday g‘ayritabiiylik yoki qo‘rquvni ko‘rmayapman. Men butun umr yigitlar bilan sparring janglari o‘tkazib kelyapman. Jang rostdan ham bo‘lib o‘tadimi? Kim biladi deysiz. U hali faoliyatini yakunlamagani va bu shunchaki tanaffus ekaniga umid qilib qolaman”, — deydi Shevchenko.

Avvalroq Sehudoning o‘zi ham qirg‘izistonlik yakkakurashchini jangga chorlagandi. UFC 249 musobaqasidan keyin Genri faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. 10-may kuni bo‘lib o‘tgan UFC kechasida Sehudo sobiq chempion Dominik Kruzni nokautga uchratgan holda mutlaq yengil vazn toifasi chempionligini himoya qilgandi.

UFC Fight Night 172 janglarini tomosha qiling ? havola.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют