» » O‘zbekistonda poyezd va samolyot yo‘lovchilari uchun koronavirusga test topshirish narxi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda poyezd va samolyot yo‘lovchilari uchun koronavirusga test topshirish narxi ma’lum qilindi


O‘zbekistonda shu yilning 18-mayidan temiryo‘l va aviaqatnovlar qisman qayta tiklanishi va Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, poyezd va samolyotda harakatlanishning vaqtinchalik tartibi joriy etilib, unda yo‘lovchilar koronavirus infeksiyasiga test topshirishi lozimligi ham belgilangan edi.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan onlayn brifingda test topshirish narxi 224 ming so‘m etib belgilanganini ma’lum qildi.

“Poyezd yoki samolyot orqali harakatlanishni xohlaganlarda 120 soatdan, ya’ni 5 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat oralig‘ida koronavirusga test topshirgani va natija manfiyligini – virus yo‘qligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma bo‘lishi kerak. Testni respublikadagi OITSga qarshi kurash markazlari va sanitariya-epidimiologiya osoyishtaligi markazlari orqali topshirish mumkin”, — deydi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют