» » Video: Hummer va “Gelendvagen” o‘zaro arqon tortishdi

Video: Hummer va “Gelendvagen” o‘zaro arqon tortishdi


YouTube’dagi Carwow kanali yangi Mercedes-AMG G63 va o‘n ikki yillik Hummer H1 pikapi o‘rtasida noodatiy duel uyushtirdi. Yo‘ltanlamaslar o‘tloqda arqon tortishdi.

Quvvati va aylanishlar momenti borasida Mercedes-AMG G 63’ga teng keladigan yo‘q: unga 585 ot kuchiga ega (850 Nm) 4,0 litrli benzinli V8 tvin-turbo dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, to‘liq uzatmaga ega. Nemis yo‘ltanlamasi zamonaviy o‘lchovlar bo‘yicha ancha og‘ir — 2,5 tonna.

Biroq “Gelendvagen” Hummer H1 bilan taqqoslanganda xuddi krossoverga o‘xshaydi: Amerika pikapi undan 1,1 tonna og‘ir bo‘lib, unga 197 ot kuchiga ega (583 Nm) 6,5 litrli V8 turbodizel o‘rnatilgan. Bundan tashqari, Hummer’ning “tishli” shinalari ham mavjud.

Blogerlar Hummer H1’ning kuchiga tenglashish uchun Mercedes’ga boshqa bir yo‘ltanlamasni yordamga olib keldi — 150 ot kuchiga ega 1,1 tonnali Suzuki Jimny. Hummer’ga qarshi bu ham yordam bermagach, Suzuki o‘rnini 150 ot kuchiga ega 1,9 tonnali Mitsubishi L200 egalladi.

Mavzuga doir: Video: Arqon tortishda qay biri g‘olib bo‘ladi — Toyota, Land Rover, Volkswagen yoki Audi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют