» » O‘zbekistonda qayta tiklangan avia va temiryo‘l reyslaridan foydalanish uchun koronavirusga test topshirish talab qilinmaydi

O‘zbekistonda qayta tiklangan avia va temiryo‘l reyslaridan foydalanish uchun koronavirusga test topshirish talab qilinmaydi


O‘zbekistonda joriy yilning 18-may kunidan Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar hamda Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temiryo‘l qatnovi qayta tiklanishi haqida xabar berilgan edi. Mazkur qatnovlardan foydalanmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun koronavirus infeksiyasiga test topshirish talabi belgilangan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda poyezd va samolyotda harakatlanishning vaqtinchalik tartibi e’lon qilindi

Karantin sharoitida aholining iqtisodiy holatini, shuningdek, harakatlanish vaqtida yo‘lovchilarning ijtimoiy masofa saqlashiga sharoit mavjudligini e’tiborga olib, qolaversa, fuqarolarning hududlararo harakatlanishida ortiqcha noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu talab bekor qilindi.

Endilikda yuqorida ko‘rsatilgan reyslar bo‘yicha harakatlanayotgan yo‘lovchilardan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganligi haqidagi ma’lumotnoma talab etilmaydi.

Shu bilan birga, avia va temiryo‘l qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari so‘zsiz bajarilishi talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 14-maydagi qarori bilan O‘zbekistonda karantin 1-iyungacha uzaytirildi. Shuningdek, O‘zbekistonda 18-maydan boshlab shaxsiy avtomobillardan foydalanish uchun yengilliklar kiritildi.

Mavzuga doir: Toshkentdan viloyatlarga dastlabki poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют