» » Diyor Imomxo‘jayev: “Navbahor” uy stadionidagi bitta o‘yinda chiptalar savdosidan 200—300 mln so‘m ishlaydi

Diyor Imomxo‘jayev: “Navbahor” uy stadionidagi bitta o‘yinda chiptalar savdosidan 200—300 mln so‘m ishlaydi


Professional futbol ligasi bosh direktori birinchi o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev O‘zbekiston chempionati klublari uchun muxlislar tashrifi muhimligi borasida gapirdi.

“Birinchi navbatda klub muxlislarning o‘yinga kelishidan manfaatdor bo‘lishi kerak. Shu vaqtga qadar tayyor pul kelib turganidan keyin rahbariyat chiptalar sotuvidan tushadigan “3-4 so‘m”ga e’tibor ham qilmay qo‘ygan.

Bugun vaziyat boshqacha, “Navbahor”ni misol keltiraman. Klub hozirda chipta savdosidan juda yaxshi pul ishlaydi. Har bir o‘yindan 200—300 million so‘m tushum bo‘ladi. Chipta narxlari o‘yin ahamiyatiga qarab o‘rtacha 10 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha bo‘ladi. Masalan, “Navbahor” — “Paxtakor” uchrashuvi chiptalari 100 ming so‘mga chiqib ketsa ham ajablanmayman. Chiptalarga klub o‘zi istagan narxni qo‘ya oladi, assotsiatsiya tomonidan hech qanday chegara qo‘yilmagan”, — deydi Imomxo‘jayev.

Mavzuga doir: Koronavirus O‘zbekiston klublariga moliyaviy tomondan qanday ta’sir qiladi? Diyor Imomxo‘jayev javob berdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Superliga bahslari koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют