» » Sirdaryoda suv ostida qolgan 25 ta aholi punktidan 13 tasi suvdan tozalandi

Sirdaryoda suv ostida qolgan 25 ta aholi punktidan 13 tasi suvdan tozalandi


Sirdaryo viloyatida yuz bergan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish, ta’mirlash va tiklash ishlari davom etmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi shu paytga qadar amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Hozirga qadar suv bosgan 25 ta aholi punktidan 13 tasi suvdan tozalangan va 20 ta aholi punktidagi xonadonlar va ularning hududlari chiqindilardan tozalangan. Tozalash va qayta tiklash tadbiri boshidan 4515 ta xonadon va ko‘chmas mulk obyektidan jami 3,846 million metr kub suv tortib chiqarilgan.

Ushbu tadbirlarga Favqulodda vaziyatlar xizmati tizimining jami 16 704 nafar shaxsiy tarkibi va 3233 ta texnikasi jalb etilgan. Mazkur ishlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.

Shu bilan birga, ekin ekish imkoniyati mavjud maydonlarga Surxondaryo viloyatidan olib kelingan 1 million dona sabzavot ko‘chatini ekish ishlari boshlab yuborilgan. Hozirga qadar 96 gektar tomorqa maydonlariga ekin ekilgan.

Bundan tashqari, aholi bandligini ta’minlash borasida ham ishlar olib borilmoqda. Dastlabki manzilli ro‘yxat shakllantirilganda qurilish ishlarida tajribasi bo‘lgan 1408 nafar fuqaro aniqlandi. Ularning 552 nafari jamoatchilik asosida haq to‘lanadigan ishlarga jalb etildi, shundan 256 nafari obodonlashtirish, 176 nafari chiqindilarni saralash va 120 nafari qurilish ishlariga jalb qilindi.

Hududlardagi elektr energiyasi ta’minoti ham qayta tiklanmoqda. Jumladan, 3 ta podstansiya, 97 ta transformator punkti va 302,5 kilometr elektr uzatish tarmoqlarida 5500 ta elektr ustunini ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirildi. Natijada 7987 ta elektr ta’minotidan uzilgan aholi xonadonining barchasi to‘liq elektr manbai bilan ta’minlandi.

Tumanlarni tabiiy gaz bilan ta’minlash ishlari davom etmoqda. Tadbir boshidan 2,28 kilometr va 7 ta gaz taqsimlash qurilmasi demontaj qilindi. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda aholiga 1000 dona maishiy gaz balloni va 200 dona gaz plitasi yetkazib berildi.

Avvalroq Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarining 12 ta aholi punktida elektr ta’minoti to‘liq tiklangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Fotogalereya: Sardoba falokati oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha harbiylar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni sardobaliklar bilan uchrashuvda suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan uylar davlat tomonidan bepul ta’mirlab berilishini, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham o‘zlarida qolishini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют