» » Tiklanayotgan Sardoba va kuyovlarini siylaydigan xalq. Tashqi ishlar vazirligi sukuti nimani anglatadi? Ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar

Tiklanayotgan Sardoba va kuyovlarini siylaydigan xalq. Tashqi ishlar vazirligi sukuti nimani anglatadi? Ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar


Karantin davri davom etar ekan, o‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lishda davom etmoqda. Ular nimalarni muhokama qilmoqda? Bugun qaysi mavzu dolzarb masalaga aylandi? “Daryo” ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari muhokamalariga qiziqib ko‘rdi.

Ijtimoiy tarmoqlar diqqat e’tiboridan hamon karantin, Sardoba voqealari chetda qolgani yo‘q, lekin ularga yondosh yana bir qancha shunday mavzular borki, ular bugun Facebook, Telegram, Twitter, Instagram kabi tarmoq foydalanuvchilarining diqqat markazida turibdi. Yodingizda bo‘lsa, yaqinda Toshkent shahar hokimligi “Qanotchi” restorani tajriba tariqasida ishga tushirilganini bildirdi. Keyin esa “Qanotchi”ning tajriba tariqasida ochilganini rad etib, restoran rahbariga nisbatan sud qarori bilan chora ko‘rilishi xabar berildi. Ushbu hodisa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini befarq qoldirmadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda keskin munozaralarga sabab bo‘layotgan mavzulardan yana biri Rossiya TIV rasmiy vakilining O‘zbekistonda rus tili bilan bog‘liq vaziyatga izoh berishi bo‘ldi. Unda O‘zbekistonda ish yuritish jarayonlarida rus tilidan foydalanish respublika fuqarolarining manfaatlariga mos kelishi aytilgan.

“Zaxarovaning zaharxanda gaplari bugun kun mavzusi bo‘lib turibdi. Rossiya geopolitikada o‘zining kuchli o‘rnini yo‘qotib bormoqda. Avvallari AQSh bilan SSSR o‘rtasida dunyo bo‘lingan edi. Biroq hozirgi Rossiya va SSSRni solishtirish velosiped va poyezdni solishtirishdek gap, degandi bir politolog ustozimiz. Rossiya ayni vaqtda AQSh, Xitoy oldida kichik davlat bo‘lib bormoqda. Hatto Saudiya Arabistoni ham bir neft narxi bilan bu davlatni “tiz cho‘ktiray” dedi.

Bu paytda ushbu iqtisodiy mo‘rt davlat yonidagi kuchi yetadiganlarga tashlanishni boshladi. Rossiyaning siyosiy nayranglari ham eskicha, siyqasi chiqqan. Biror millatning tilini yo‘qotishga urinish eskicha imperialistik hiylalardan biri edi. Hozir buni ochiqchasiga qilish o‘sha millat vakillari o‘rtasida shunchaki nafratni uyg‘otadi, xolos. Bu bilan butun bir xalq ko‘nglida jirkanish va kuchli norozilik yetishib kelmoqda. Bu “vulqon” nafaqat bizda, balki ruslarning o‘zida ham pishib yetilmoqda. Putin provokatsiyasi ularni ham charchatib bo‘ldi.

Bahodir Ahmedov

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova O‘zbekistonda davlat tilidan davlat tashkilotida foydalanmaganlik uchun davlat amaldorini javobgarlikka tortish masalasida: “Aftidan, hozircha tashabbus tarafdorlari aniq ozchilikni tashkil etadi. Izohlarning aksariyati shuni ko‘rsatadiki, rus tilini rasmiy foydalanishda saqlab qolish tarix ruhi hamda munosabatlarimizning zamonaviy sifatiga, eng muhimi, Rossiyada o‘qish yoki ishlashni tanlagan ko‘plab O‘zbekiston fuqarolarining manfaatlariga to‘la mos keladi.

O‘zbek tomonining murojaatlariga muvofiq, O‘zbekistonda rus tilini o‘qitishning to‘laqonli dasturini yaratish bo‘yicha faol qo‘shma ishlar olib borilmoqda. Bu yetkazib beriladigan o‘quv, o‘quv-qo‘llanma va badiiy adabiyotlar sonini ko‘paytirish, qo‘shimcha rus tilidagi markazlarni ochish, o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlariga rus mutaxassislarini yuborish, Rossiya universitetlarida rus filologiyasi diplomiga ega bo‘lgan o‘zbekistonlik abituriyentlar uchun budjet joylari kvotalarini ko‘paytirishni nazarda tutadi”, — degan u.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi RF rasmiy vakilining gapiga munosabat qilmadi.

“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonunining yangi tahriri 1995-yili 21-dekabrda qabul qilingan. Amaldagi qonunga muvofiq, mamlakatda davlat tili — o‘zbek tili. Qonunning 10-moddasiga muvofiq, “korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarining ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin”.

Ruslarni yana nima qoniqtirmayapti? Ushbu munosabatni ichki ishimizga aralashish, deb bilsak bo‘ladimi?

Alisher Ro‘zioxunov

Til masalasida Rossiya hujumiga uchragan mamlakat bu hujumni bartaraf etmasa, albatta, agressiyaga uchraydi. Ishonmaysizmi? Yaqin tarixga va yon atrofingizga qarang.

Rossiya rus tili va rusiyzabonlarni himoyalash bahonasida ikkita davlatda Moldova (Dnestrbo‘yi) va Ukrainada (Donbass) fuqarolar urushini keltirib chiqargan. Estoniya va Latviyada go‘yoki rusiyzabonlarni himoya qilgan bo‘lib tinimsiz provokatsiyalar uyushtiradi. Ukrainaning yuragi Qrimni, Gruziyaning jigari Abxaziyani, buyragi Osetiyani esa bosib olgan. Fashistlar Germaniyasi mahv etilgandan keyin, oxirgi 75 yilda Yevropada qo‘shni davlatlar hududini bosib olgan yagona davlat  — bu Rossiya. Suriya va Afrikadagi jinoyatlarni esa sanab o‘tirishga hojat yo‘q.

O‘ylaysizki, Putin uchun rus tili va rusiyzabonlar shunchalar muhimmi? Aslo. O‘g‘ri Putin va uning banditlari uchun rus tili geosiyosiy o‘yinlar va Putining kasal orzusi Sovet Ittifoqini tiklash uchun qurol, xolos. 2013-yilda Putin 43 ming Rossiya fuqarosini turkman gaziga almashtirgani yodingizdami?

Biron-bir davlatda agressiya uyushtirishdan avval Putin Rossiyasi avval cho‘ntak oligarxiyasini ishga soladi. Putin o‘g‘rilari o‘sha mamlakat OAVlari, iqtisodiyotning muhim obyektlari, nodavlat tashkilotlari ustidan nazorat o‘rnatadi. Tarmoqlarda boshqariladigan ijtimoiy fikr yaratishga alohida e’tibor qaratiladi va milliardlab pul sarflanadi. Keyingi bosqichda rusiyzabon kamchilikning yoki boshqa kamchilikning til muammosi kun tartibiga olib chiqiladi.

Bunda ko‘proq mahalliy aholi vakillaridan ham foydalaniladi. Shakllantiriladigan Kremlparast kamchilikning o‘ta faolligi illyuziyasi nofaol mahalliy ko‘pchilik o‘rnini bosib ketadi. Elita va uning oson og‘adigan qismi  bilan alohida ish olib boriladi, chunki ular sotib olinishga moyilligini o‘zlari namoyon etadi. Qarabsizki, jamiyat, davlat falajlanadi, qarshilik qilish tayanch nuqtalari sinadi, 2014-yil fevraldagi Ukraina singari yutib yuborishga luqum kabi tap-tayyor bo‘ladi. Ana keyin mamlakatga rus tanklarini kiritsa bo‘laveradi.

@bakiroo

Rus tilining eng katta muammosi Rossiya hukumatidir. O‘zbekistondagi, Qozog‘istondagi, Boltiqbo‘yidagi rus tilli ziyolilar va fuqarolar qanchalar aqlli, asosli argument keltirmasin, qanchalik do‘stona munosabatlarga va bag‘rikenglikka urg‘u bermasin, Kreml aralashadi-da, bu yerda imperial maqsadlar va g‘irromlik borligini ko‘rsatib qo‘yadi.

“Qoldirilgan izohlarning aksariyati shuni ko‘rsatadiki, rus tilining rasmiy tartibda saqlanishi tarix ruhi va munosabatlarimizning zamonaviy sifatiga, asosiysi — Rossiyada o‘qish yoki ishlashni tanlaydigan fuqarolarning manfaatlariga to‘la mos keladi”, — deydi Mariya Zaxarova. Bu opa qanchalik chiroyli gapirmasin, imperialistik o‘tmishga, xususan, O‘zbekiston Rossiya koloniyasi bo‘lganiga, O‘zbekiston Rossiyaga iqtisodiy jihatdan bog‘liqligiga urg‘u berib turibdi. Shundan ham bilsa bo‘ladiki, Kreml tillar o‘rtasidagi tenglik, xalqlar o‘rtasidagi bag‘rikenglikni emas, rus tili orqali boshqalarga bosim o‘tkazishni va bunda boshqa davlatlardagi rus tilli aholidan foydalanishni o‘ylaydi.

Iqtibosda aytilayotgan do‘stlik ruhini saqlash hamda o‘zbekistonlik muhojirlarning huquqlarini ta’minlash maqsadida Rossiyada o‘zbek tilini davlat tili deb e’lon qilishni, rus tili imtihonlarini bekor qilishni taklif qilaman. Bu taklifga Mariya Zaxarova nima der ekan?

Ha-ya, yana bir “shedevr” esdan chiqib qolibdi. Nima emish, “davlat tilida ish yuritish tarafdorlari juda oz” emish. “O‘zbek tilli saytlarni o‘qib, o‘zbeklar bilan muloqot qilib ko‘r gapirishdan oldin”, deydigan odam yo‘q.

Sobiq mustamlakalarda rus tili siqib chiqarilayotganiga asosiy sabab Kreml aralashuvidir. Qanchalar demokrat, bag‘rikeng bo‘lma, “bir paytlar mening tilimda gapirgansan, tarix ruhiga mos bu”, deb turgan tomon ertaga “O‘zi o‘tmishda menga tegishli bo‘lgansan, qaytaqol”, demasligiga kafolat yo‘q. Rossiya imperialistik ambitsiyalarini tiyib olmasa, boshqa davlatlar rus tilini tahdid sifatida ko‘rishda, bundan esa rus tilli aholi aziyat chekishda davom etadi.

Eldar Asanov

Til haqidagi masala yana keskin ko‘tarildi. Shu paytgacha indamay kelgandim. Lekin Mariya Zaxarova bizning davlat tilimiz bo‘yicha qonun loyihamiz haqida bayonot bilan chiqdi.

Payqaganingizdek, rus maktabi va universitetning yevroguruhi tarbiyalanuvchisi sifatida menga matnlarni rus tilida yozish qulayroq, o‘zbek tilidan esa kundalik hayotda, o‘zaro muloqotlarda foydalanaman.  Ammo ish yuritishni o‘zbek tilida olib borish borasidagi qarorlarni mutlaqo to‘g‘ri deb hisoblayman. Bu axir aksioma-ku, MDH davlatlari allaqachon bu ishga qo‘l urgan.

To‘g‘ri, hamma hujjatlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish qiyin bo‘ladi. Ko‘pgina atamalarning hali tarjimalari yo‘q, ish yuritish tilimiz zamon talablariga mos qadam tashlamayapti. BMT Konvensiyalarini tarjima qildirganimizda butun boshli mamlakatda atigi 3-4 nafar mutaxassis bu ishni sifatli bajara olgan.

Deyarli barcha davlat organlarida rahbarlarga hujjatlarni yozib beradigan “miya”lar borligi va ularning aksariyati o‘sha hujjatlarni rus tilida tayyorlashi hech kimga sir bo‘lmasa kerak. Vazirlar Mahkamasida ham, Xavfsizlik Kengashida ham, Prezident Adminstratsiyasida ham yaqin-yaqingacha hujjatlar faqat rus tilida tayyorlanib kelingan. Bu narsa qator faktorlar, jumladan, rus tilida sifatli ta’lim berilishining oqibati.

Lekin hokimliklar va hududiy tuzilmalar allaqachon o‘zbek tiliga o‘tgan, bu esa juda katta anglashilmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Chunki hududlarda aksariyat hollarda Toshkentning kattakon idoralaridan nima yuborilganini tushunmay o‘tirganlar ham bor.

Shu bois, o‘zbek tilini mansabdorlarning ish yuritishida rasmiy til sifatida tasdiqlash borasidagi qarorni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Albatta, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarning rus tilidagi tarjimasini ilova qilish zarur bo‘ladi. Lekin asosiy til o‘zbek tili bo‘lishi shart! Yana bir gap. Bu masalani Mariya Zaxarova ommaviy, ko‘pchilikning oldida muhokama qilayotgani juda g‘alati.

Axir bu davlatimizning ichki ishi emasmi?

Aziza Umarova

Yodingizda bo‘lsa, ruslarning la’nati propaganda mashinasi O‘zbekistondagi davlat organlarida ish yuritish jarayonida davlat tili mavqeyini mustahkamlashga oid qonun loyihasi bo‘yicha dod-voy ko‘tarishib, O‘zbekiston hukumati rus tiliga qarshi kurashyapti, deya provokatsiya qilishgani haqida avvalroq yozgandim.

Bu propaganda shunchalik la’natiki, mana endi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining vakili Mariya Zaxarova ham rasmiy minbardan turib, bizning qonun loyihalarimizga o‘zicha munosabat bildirib, rus tilini ko‘pchilik o‘zbeklar xohlayotgani, bu qonun loyihasi tarafdorlari kamchilik ekanini aytibdi. Bunaqa propagandachilarga qarata “Ey, menga qara, sen kimsan o‘zi, bizning ichki ishlarimizga burningni tiqasan, qonun loyihalarimizga aralashasan, bor toshingni ter”, deging keladi.

Bular qanaqa uyatsizki, rasmiy minbarlardan turib yolg‘on gapirishdan ham tap tortmaydi. Qayoqdan bila qolding, bu qonun loyihasi tarafdorlari yaqqol kamchilikni tashkil etishini? Qo‘lingda qanaqa ma’lumotlar, dalillar bor? Hech qanday! Na qo‘lingda daliling bor, na bizning qonun loyihalarimizni muhokama qilishga haqing bor.

Bu borada Muhrimning yozgan fikrlariga qo‘shilaman: “Biz millatchilik bo‘lib qoladi, hurmatsizlik bo‘ladi, deb ming ikkilanib, xijolat bo‘lib fikr bildiramiz, andishaning oti qo‘rqoqqa chiqadi. Ular bo‘lsa yuqori minbarlardan turib rus tilining rasmiy so‘zlashuvda qolishi o‘zbekistonliklar manfaatlariga mos deydi, ochiq-oydin. Mana shunaqa qilganidan keyin Latviya, Litva, Ukraina tajribasi o‘rinli ko‘rinadi.

O‘zbekiston va Rossiya munosabatlarining zamonaviy sifati umuman til masalasi bilan o‘lchanmasligi lozim. Rossiya, avvalo, o‘z muammolarini bilsin, O‘zbekistondagi til muhokamalariga umuman burnini suqmasin. Shu o‘rinda bizning ham Mariya Zaxarovaga teng minbarimiz javob qaytarsa, maqsadga muvofiq bo‘lardiku-ya...

Yo‘q, Mariya Zaxarovasiga ham, Putin Rossiyasiga ham boshqacha javob qaytarish kerak — deputatlarimiz ham, senatorlarimiz ham davlat tilining ustuvorligini mustahkamlaydigan o‘sha qonun loyihasini xuddi YEOIIga qo‘shilish tashabbusini olqishlaganlaridek qabul qilsin, ma’qullasin, so‘ng bu qonun nusxasini ularga yuboraylik. Eng yaxshi javob shu”, — deyapti Muhrim.

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Rossiya strategik hamkor. Biroq juda xavfli hamkor. O‘zini katta og‘a rolida ko‘ruvchi, imperialistik kayfiyatdagi shovinizmga moyil hamkor.

Mariya Zaxarova esa ojiz va aqlan teranligini yo‘qotgan qo‘pol xotin. Yaqinda Aleksey Navalniyni debatga chaqirib qo‘yib, o‘zi “izmenka”ga tushib, haqorat va po‘pisalar bilan qochib qolgani esa yuqoridagi so‘zlarning isboti bo‘la oladi.

Zaxarova O‘zbekistonda davlat tili ustuvorligini belgilovchi qonunning tarafdorlari juda kam degan holda ochiqdan ochiq yolg‘on gapirmoqda. Rossiya strategiya institutlari o‘zbek axborot maydonini sinchkovlik bilan kuzatishadi. Rus tili mavqeyi butun dunyodagi kabi O‘zbekistonda ham tushib borayotganini ular yaxshi biladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bu bayonot navbatdagi bosim.

O‘zbekiston tarafning bu bosimga har doimgidek indamay turishini kuzatish o‘ta yoqimsiz holat. Eng kamida ushbu qonunni tezroq qabul qilib, ijrosini qat’iy ta’minlashni boshlashsa ham yaxshi edi. Biroq ko‘pchilik o‘z tilimizni o‘z yurtimizda himoya qila olmasak kerak, degan pessimistik kutilmalar bilan yashamoqda.

Men antirossiyachi emasman. Biroq shunchaki, Rossiyaga juda yaqin davlatlarning “odam” bo‘lmaganini bilaman. Shimoliy Koreya, Suriya, Venesuela, Kuba, Turkmaniston, Tojikiston va Afrikaning qashshoq davlatlari. Mana Rossiya hamkorlari. Shular qatoriga O‘zbekistonning kirishi va Putinning quchoqlariga otilishi menda hadik uyg‘otadi. Mening orzumdagi O‘zbekiston — Rossiya bilan teng darajada gaplashadigan, qoloqlikni emas, rivojlanishni tanlab, g‘arb bilan ko‘proq yaqin bo‘ladigan davlat.

Yana bir narsa, Rossiya har yil chetda rus tili mavqeyini oshirish uchun milliardlab pul ajratadi. Ba’zida til orqali quroldan ko‘ra samaraliroq natijaga erishish mumkin. Eng kamida rus tili mavqeyini muttasil qo‘llab-quvvatlab, o‘sha mamlakat aholisini rossiyaparast kayfiyatda saqlash mumkin. Bir kun kelib shahar darvozalarining ochib berilishida ularning roli katta bo‘ladi.

Nozim Safarov

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili M.Zaxarova O‘zbekistonda davlat tilida ish yuritishni ta’minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilovchi qonun loyihasi bo‘yicha munosabat bildiribdi.

1. Suveren davlat hududida til masalasi tartibga solinishi uning ichki siyosati masalalariga kiradi.

2. Rus tili bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikda dasturlarning amalga oshirilishi bu yurtimizda boshqa millat vakillariga bo‘lgan hurmatimiz darajasini bildiradi. Lekin O‘zbekistonda davlat tili o‘zbek tili hisoblanadi va davlat organlarida ish davlat tilida yuritilishi qonunning talabidir.

3. Zaxarova qaysi asosga ko‘ra qonun loyihasining tarafdorlari kamchilikni tashkil qilishi va rasmiy ish yurituvida rus tili to‘liq saqlanib qolgan, degan xulosaga keldi?

4. Davlat idoralarida o‘zbek tilida ish yuritish O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarimiz dinamikasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Rossiya rasmiy vakili bu masalaning O‘zbekiston fuqarolari manfaatlariga zid yoki zid emasligi bo‘yicha fikr bildirishga haqlimi?

Akmal Burhonov

Rossiyaning Mariya Zaxarova kabi ayrim rasmiylari O‘zbekistonni hali ham sobiq koloniyasi sifatida ko‘radi. Bo‘lmasa, rus tilini kamsitishga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan ichki masalaga burun suqarmidi?

Bunga o‘zimiz ham aybdormiz. Chunki aksariyatimizda post-kolonial ong mavjud. Qonuniy haqimizni talab qilsak ham, buning rus tiliga va Rossiyaga aloqasi yo‘q, ularni kamsitmoqchi emasmiz, deb oxirida uzr so‘rab qo‘yamiz.

O‘zbekistonda davlat tili o‘zbek tili va barcha davlat idoralarida ish o‘zbek tilida yuritiladi. Bu qoida konstitutsiyada ham, 30 yillik qonunda ham mustahkamlab qo‘yilgan.

Bu qonunni ijro qilish jarayonida Rossiyadan yoki rusiyzabonlardan uzr so‘rashga hojat yo‘q. Ularga buni tushuntirib berishimiz ham shart emas, chunki yangilik yaratmayapmiz. Post-kolonial mentalitetdan qutilishimiz juda qiyin kechyapti.

Behzod Mamadiyev

Bugun Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya xola Zaxarovaning bayonoti janjalga sabab bo‘ldi. Adliya vazirligi yaqinda O‘zbekistonda davlat tilida ish yuritishni ta’minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilovchi qonun loyihasi tashabbusi bilan chiqqandi. Unga rusiyzabonlar qarshi chiqayotgandi. Masha ham loyihaga e’tiroz bildirib, qonun loyihasining tarafdorlari kamchilikni tashkil qilishi va rasmiy ish yurituvida rus tili to‘liq saqlanib qolganini aytgan. Boshqa davlatning ichki siyosatiga aralashmaslikka tupurib qo‘ygan. Boplaydi ham.

Ayrimlar deputatlarimizga ham tosh otmoqda. Ularga tosh otish nega kerak, do‘stlar? Afsus men ham ba’zan tosh otib turaman. Biroq allaqachon parlament islohotlari o‘tkazilib, uning vakolatlari ko‘rib chiqilishi kerak emasmidi? Li Kuan Yu bo‘lib O‘zbekiston tarixida qolishni istagan siyosatchi ishni shundan boshlardi. Avval Konstitutsiyani ochib, 18-bobdagi Oliy Majlis vakolatlarini ko‘ring. Keyin pastroqqa tushib, muhtaram Prezidentimizning vakolatlarini, boshqa ijro vakillarining vakolatlarini ko‘ring. Oxirida haqiqiy xalq hokimiyati bo‘lgan biror rivojlangan davlatdagi hokimiyatlar bo‘linish prinsiplarini o‘rganing. Keyin xulosa qilasiz.

Ko‘zlaringdan aylanay o‘zimizning Tashqi ishlar vazirligi hali hech nima demadi. Hozircha “tepaga” qarab, pisib o‘tiribdi shekilli. Sas chiqishi ham dargumon. Chiqsa ham “unaqa demanglar, xafa bo‘lamiz, qalbimiz nozik”, desa kerak. Boshqa davlatlarnikidek o‘tkir pozitsiya bera olmaydi, bu ketishda. Biz esa vassal sifatida Rossiyaga yaqinlashishda davom etamiz. Ular esa xuddi ovqatni uzoqdan ko‘rgan hayvondek so‘lagini bizga sachratishda davom etyapti. Shaxsan Prezident ham Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi sifatida qo‘shilishga imzo cheksa ajablanmayman. Lekin bir narsani unutmanglar, yillar o‘tib nevaralarimga sizlar haqingizda, ohhoo, familiyangiz bilan “ertak”lar aytib beraman, shu ish davom etsa.

Zafarbek Solijonov

Voqeadan so‘ng ko‘plab Facebook foydalanuvchilari familiyalari tarkibidagi qo‘shimchalardan voz kechdi.

Ayrim foydalanuvchilar Zaxarovaning Facebook sahifasiga xabarlar yo‘llay boshladi.

Triatlon federatsiyasi raisi, prezidentning kenja kuyovi Otabek Umarov 36 yoshga to‘lishi munosabati bilan bir guruh san’atkor va sportchilar tomonidan unga tabrik tariqasida aytilgan qo‘shiq yo‘llandi. Ushbu tarona qanday muhokamalarga sabab bo‘lganini bilsangiz kerak?

Машшокларимиз бир вактлари pic.twitter.com/cIjWSPhaxj

— Navruzbek (@navik_21) May 16, 2020

Oybek Tursunovning Uzcard’ning 75 foiz ulushiga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritishi ham shov-shuvlarga sabab bo‘lish borasida boshqa mavzulardan qolishmadi.

Франция пулмас, кучмас мулк кайтарди. Узкард'и янги офиси ушатта булади

— ???? (@mauvais_reves) May 14, 2020

Робин Гуд ?а?ида мем.

У республикадан йи?иштириб бу республикага беради.

— ???? (@mauvais_reves) May 14, 2020

Куёвни пай?амбарлар ?ам сийлашган экан!Оловринг, куёв бола,тортинманг, етмиш беш-петмиш беш ?ибўтирасми? Бўлса,монополия бўлар, мамлакатимиз ?ашшо?лашиб ?омийди. pic.twitter.com/2JvdtwJiBk

— Fazilat Isomiddinovna (@isomiddinovna) May 14, 2020

Кун хазили

Биздан сўнг куёвларимиз кучли, билимли ва албатта бахтли бўлишлари шарт!!

))

— Дима ?аюм (@DimaQayum) May 14, 2020

- Humo картани курмадингларми? pic.twitter.com/e3XZKTnTFo

— Navruzbek (@navik_21) May 14, 2020

Humo картаси банкротлик эълон ?илиб, дўконни ёпишадими энди?

— Xurshid DALIEV (@XDaliyev) May 14, 2020

Шунчаки тасодифлар назарияси pic.twitter.com/Lxp1zlAFa6

— Navruzbek (@navik_21) May 14, 2020

Sardoba mavzusi ham kun tartibidan tushmadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining she’rlari bilan mashhur bo‘lgan opadan yana bir she’r o‘qiymiz.

Xonanda Ozoda Nursaidovaning sardobalik 5 ta oilaga uy sovg‘a qilishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq kutib olindi.

Sardobaga yuborilgan insonparvarlik yordamining ayanchli ahvoli aks etgan fotosuratlar ko‘pchilikni ranjitdi.

Юрагим ?атти? ў?риди лекин.
Бировлар фарзанди насибасини ?ийиб диндошим бродаримга ёрдам бўлсин деб берган хадяларини ....
Эх элчи учун ?ам савоб каттаку бировни омонатини бунчалик хор ?илиш яхшими??? pic.twitter.com/mjQcjhGmUT

— Forrest Gump (@Leon_N15) May 14, 2020

Qibray tumani deputatlaridan birining shaxsiy Facebook sahifasida qoldirgan postlari eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan desak, adashmaymiz.

Кеч бўлмасидан олдин тавба ?илинглар, шоядки сизларни кечиришса) pic.twitter.com/Y3mXZRKb2S

— Файзбо?Уз (ТемурМалик) (@fayzboguztm) May 14, 2020

Гапимни ?айтариб олдим. Олим Сулаймонов - Троллер.уз

— Furkat Usmanov (@FurkatUsmanov) May 14, 2020

Пи??илаб кулаётган смайл) pic.twitter.com/T9qw9Kt1qv

— Alimoff (@Iplosello) May 14, 2020

Ijtimoiy-siyosiy mavzulardan zerikkan ayrim tarmoq foydalanuvchilari mana bu kabi chellenjlar o‘tkazyapti.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon viloyat hokimining bir guruh san’atkorlarga 4 ming dollar tarqatishi haqidagi video ham internetni “portlatdi”.

Oradan bir qancha vaqt o‘tib gap-so‘zlarning tarqalishiga sabab bo‘lgan videoni olgan ayol ikkinchi videoni chiqardi. Unga ko‘ra, hammasi hazil bo‘lgan.

Deputat Rasul Kusherbayev atrofida sodir bo‘layotgan voqealar haqida ham ko‘plar munosabat bildirildi. Jumladan, deputatning o‘zi ham.

шундай улу? кунларда бир инсоннинг кўнглини ранжитаётганларга нима дейишга ?айронсан, киши. Билганим, Расул самимий, камтар йигит, курсдоши сифатида айтишим мумкинки, бугун унга та?алаётган миллатчи ва бало баттар ту?матлар икки, уч ?исса ассосиз Дуоларингизда эслаб ?ўйинг pic.twitter.com/15qzNIO4wB

— ЛеКаприз (@lecaprice88) May 13, 2020

Prezident saylovdan keyingi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan uchrashuvda (20-yanvardagi) Rasul Kusherbayev haqida bir gapni aytgandi: “Deputat Rasul Kusherbayev ko‘pchilikka yoqmasa ham, menga yoqadi. Qani u, turing. Yangi deputatlar ta’sirchan parlament nazoratini olib borish bilan xalq ishonchini qozonishi lozim”.

Shu kunlarda deputatga nisbatan noo‘rin bo‘htonlar bo‘layotganini ko‘rish mumkin. Millatchilik kayfiyatidagilarga deputat shunday debdi: “Inson vatanni, millatni, oilani tanlab tug‘ilmaydi. Meni millatim birovlarga og‘ir botayotgan bo‘lsa, ulardan uzr so‘rayman. Biroq baribir O‘zbekiston farzandi bo‘lib qolaveraman. Buning uchun millatchi va ayirmachilardan yana bir bor uzr!”

Davlat rahbari ba’zi, deputatning faolligini yoqtirmay, tig‘ qayrab yurganlarga nisbatan signal bo‘lsa kerak deb taxmin qilgandim. Prezident kimlarni aytgani ma’lum bo‘lyaptiyov.

Bahodir Ahmedov

Bir necha kundan beri Rasul Kusherbayevga qarshi tashkillashtirilgan hujum boshlandi. Bir guruh trollar armiyasi uni yomonotliq qilish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilyapti. Boshqa tomondan, unga kompromat topish uchun harakatlar bo‘layotganini Rasul aka tasdiqladi.

Eng yomoni, hujumda millatchilik va Rasul akani Prezidentga xavf sifatida ko‘rsatish kabi eng past usullar qo‘llanmoqda. Shu yo‘l bilan, menimcha, harakat uni Prezidentga jiddiy raqib deb ko‘rsatish, shuningdek, millatchilik orqali muammo keltirib chiqarish va undan qutilish haqida ketyapti.

Rasul akani o‘z ishini qilayotgan samimiy deputat, xalq vakili sifatida bilamiz. Oliy Majlisda shundoq ham xalq haqini talab qiladigan bir yoki ikki nafar deputat bor. Shularni kimlarningdir tomonidan yomonotliq qilinishi juda achinarli.

Rasul akaga bo‘lsa, faqat omad va sabr tilayman. O‘zbekistonda qonun bo‘yicha har kim millatidan qat’i nazar teng. Millati o‘zbek bo‘lgan yuzlab deputatdan ko‘ra shu insonning o‘zbek xalqiga yordami ko‘proq tegmoqda. Rasul aka men uchun har qanday o‘zbekdan ko‘ra ko‘proq o‘zbekdir.

Firuz Allayev

Rasul aka Kusherbayev haqida ikki og‘iz gapirmoqchiman. Bu insonni juda yaxshi taniyman. Oxirgi marta yaqinda Yangiyo‘l tumanidagi “snoslar” masalasida ko‘rishdik. Tumandan saylangani sabab yonimda birga yurdi. Tushuntirdi. Xolis reportajimga yordam berdi, doimgidek. Rasul Kusherbayev kim o‘zi? Bor-yo‘g‘i 33 yoshdagi xalq vakilining nega xalq orasida obro‘si juda baland? U nima ishlar qilgan? Nega qolgan yuzlab deputatlardek qo‘l ko‘tarib-tushiruvchi “qo‘g‘irchoq” emas?

Rasul aka oddiy inson. Bir necha yil, hatto deputatligida ham haydab yurgan “jiguli” mashinasini yaqindagina sotib, kreditga Nexia-3 mashinasini olib minib yurgan inson. Kreditga uy olib yashayotgan inson. Xalq iltimos qilganda biror marta “yo‘q, uzr shoshib turgandim-da” demagan inson. Gapirgani uchun hayotiga xavf paydo bo‘lganda, uydagilari qarshi chiqqanda ham yo‘lida davom etayotgan inson.

Namunali uylar, propiska, “snos”, hokimlarning o‘zbilarmonligi, monopoliya, bir nechta nomaqbul qonunlar, voz kechilishi kerak bo‘lgan test tizimi, adolatsiz jarimalar, o‘qituvchining jamiyatda maqomini oshirish, internet tezligi, so‘z erkinligi, Parlament obro‘sini oshirish, avtosanoatning narxlarni asossiz oshirgani, senzura, ishchilar huquqlari kabi yuzlab muammolarni ko‘tarib chiqqan, chiqayotgan eng yaxshi deputat. U tanqid qilgan nechta muammo o‘z yechimini topgani hammaga ma’lum. U nima qilsa, sizga, unga, bizga, kelajagimiz yaxshilanishiga qildi, qilmoqda.

Adashmasam, deputatlar 10 million so‘mdan ortiq oylik oladi va ularning soni 150 ta. Kusherbayev, Doniyor G‘aniyev kabi atigi 4 yoki 5 ta deputat gapiryapti, xalqiga tortishyapti, xolos. Ular ham yuzlab deputatlardek bir chekkada oylikni olib, ishga kelib-ketib tursa bo‘ladi. Nechtasi Parlamentdan nomsiz ketdi. Lekin ularda vijdon bor. Ijro vakillarini ko‘rsa, anqayib turmaydi.

Ortida millionlab insonlar turganini his qiladi. Ha, xalqning “lyubimchigi” bo‘lish oson emas. Buning uchun otning kallasidek yurak kerak. Bularga qancha amaldor ichki nafrati bilan qararkan-a? Bir qoqilsa, nechtasi kular ekan? Lekin biz ertaga farzandlarimizga shunaqa zo‘r deputat bo‘lishgan bular, deb kerak bo‘lsa, ertaklar aytib beramiz. Sizlarni Yaratgan o‘z panohida asrasin. Xalq sizlarning kim ekaningizni yaxshi biladi. Sizlar bizning vakilimizsizlar, gerdayib yuringlar, sizlarni juda yaxshi ko‘ramiz.

Zafarbek Solijonov

9-may kuni bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushida besh farzandini yo‘qotgan o‘zbek ayoli Zulfiya Zokirovaning taqdiriga bag‘ishlangan “Ilhaq” filmi premyerasi ham ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab keskin hamda iliq fikrlar bilan muhokama qilindi.

Kecha “Ilhaq”ni ko‘rdim (undan avvalroq ko‘rishga imkon bo‘lmadi, premyerani o‘tkazvordik). Film haqida Twitter’da, Facebook’da, Telegram’da yozilgan o‘nlab fikrlarni, “Daryo”da chiqqan taqrizni o‘qib, keyin kinoni ko‘rish — tavsiya qilinmaydigan ish, bu xatoni takrorlamang. Butun film davomida “ha, falonchi to‘g‘ri aytgan ekan”, “iya, xuddi pistonchi aytganidek olishibdi shu joyini haqiqatan ham”, deb o‘tiraverarkansan.

Bir oddiy kinoixlosmand sifatida aytadigan bo‘lsam, to‘g‘risi, bir-biridan alohida har xil parchalarni ketma-ket ulab chiqqan narsadek ko‘rindi — har birini alohida-alohida chiqarsang, bir dunyo qisqa metrajli film bo‘ladi. “Bir ip bilan tizilgan-ku o‘sha har xil parchalar”, deyish mumkin, lekin bu parchalarning rangi keskin turfa, bir butun emas, qandaydir ola-kula manzara hosil bo‘lyapti, menimcha.

Eng ishonarsiz ko‘ringan joyi — Isoqjon aka va Vahobjon ukaning fashistlar tomonidan bir joyda o‘ldirilishi sahnasi. Nemis ofitserining gap-so‘ziga ishonsak, Isoqjon sovet harbiy qismi joylashuvi haqidagi axborotni ikki oydan beri aytmayotgan ekan. Tarix bilimdoni emasman-u, ikki oy sal ko‘p-da, allaqachon boshqa joyga ko‘chib bo‘lgandir u harbiy qism, tanaffussiz urush bo‘lsa axir.

Menimcha, filmning eng katta kamchiligi — uni urush, bu urushdagi O‘zbekistonning ishtiroki haqidagi hamma faktlar jamlanmasiga aylantirmoqchi bo‘lishganida, “mana bu voqea ham qolib ketmasin, yaxshi rivoyat-da”, deb qo‘shib yuboraverishgan, chamamda. Shunga chala-chulpa personaj ko‘pdek, shu bois ba’zi o‘rinlari beo‘xshov ulamadek.

Eng ta’sir qilgan joyi — urushga kuzatish sahnalari. Bunaqa sahnalar boshqa filmlarda ham bor. Masalan, “Vatan”da. Katta farqi yo‘q, “Ilhaq”da bu sahna alohida bir boshqacha ham chiqmagan, shunchaki o‘sha urushga kuzatish sahnasida yana adamlarning Afg‘onistonda urushda qatnashganliklari esimga tushib ketdi.

1941-yilda selsovet oldidan kuzatilayotganlar urushga ketayotganini aniq bilgan, mana, 1942-yili urushga ketgan Yusufjon ham “do‘zax komi” — Leningradga ketayotganini hammaga aytib yuribdi, onasi ham biladi, yig‘lab-yig‘lab kuzatdi. Dodam va buvim Afg‘onistonda urush boshlanganini bilishgan, albatta, lekin bu urushda ularning o‘g‘illari ham qatnashishini bilishmagan. Ikkinchi holat og‘irroq, menimcha.

Adamlarning aytishlaricha, ularni Afg‘onistonga olib ketishlari haqida dastlabki chaqiruvdayoq, voyenkomatdagi gap-so‘zdan bilganlar (lekin dodam va buvimga bu haqda aytmaganlar), Germaniya, Kubalarda xizmat qilgan tanish-bilishlarning gaplaridan xulosa qilib, “bir maza sayr-u sayohat bo‘ladi-da” deb o‘ylaganlar; lekin Afg‘onistondagi birinchi kundayoq otishma ko‘rib, “bu yerda maynabozchilik emas”ligini tushunganlar.

Lekin uydagilarni qo‘rqitmaslik uchun, Afg‘onistondan yozgan birinchi xatlarini “Germaniyadan salom!” deb boshlagan ekanlar :) Uydagilar esa adam urushda ekanliklarini allaqachon bilishgan — yangi chaqirilganlar Afg‘onistonga uchib ketgan kuni dodam va buvim adamlarni ko‘rgani Chirchiqdagi harbiy qismga borishgan, bilmay... Shularni o‘ylab qoldim urushga kuzatuv sahnalarida...

Bir do‘stim bor, “matnni cheksiz tahrirlash mumkin”, deydi. Shunga o‘xshab, “Ilhaq”ni yaxshiroq, yanada yaxshiroq kinoasarga aylantirish mumkin edi. Asosiy maqsad yuksak kinoasar emas, balki “o‘zbekistonliklar malades”ligi haqida propaganda ekani tan olinsa, hammasi joyida. Filmni ko‘rgan zarar qilmaydi. Urush yomon ekanligini, urushni yomon ko‘rish kerakligini eslatadi “Ilhaq”. Asosiysi shu, menimcha.

Muhrim A’zamxo‘jayev

Ayrim Facebook foydalanuvchilari film g‘oyasi ko‘chirilgan deya fikr bildirmoqda.

Ayrimlar “lenta”sida film haqidagi fikrlar to‘lib ketganidan “xafa”.

Film qahramoni Yusufjonga bag‘ishlab she’rlar bitildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют