» » Ijtimoiy tarmoqlarda davlat tilini haqorat qilgan samarqandlik 15 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat tilini haqorat qilgan samarqandlik 15 sutkaga qamaldi


Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek millati va davlat tilini haqorat qilgan samarqandlik 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand shahar Ma’muriy sudi raisi Orif Pardayev ma’lum qildi.

Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi madaniyat bo‘limida ishlab kelgan fuqaro D.Ya. joriy yil 15-may kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Xalq fikri” guruhida izoh qoldirib, o‘zbek tili va millatini kamsitgan.

Fuqaro, shuningdek, ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida yashash uyiga borgan IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, xodimlarning qonuniy talabini bajarmagan.

Bugun, 18-may kuni fuqaro ishini ko‘rib chiqqan Samarqand shahar Ma’muriy sudi uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 42-moddasi (Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish), 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan aybli deb topib, unga 15 sutka qamoq jazosini tayinladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют