» » Merilin Monroga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan qiz aktrisa yashagan uyni sotib oldi (foto)

Merilin Monroga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan qiz aktrisa yashagan uyni sotib oldi (foto)


Amerikada mashhur aktrisa Merilin Monro yashaydigan uyni unga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan qiz sotib oldi, deb yozadi Daily Mail.

25 yoshli Jasmin Chizvell o‘z kumiriga har tomonlama o‘xshashga harakat qiladi. U Shotlandiyada tug‘ilib o‘sgan, biroq yaqinda AQShga ko‘chib keldi. Qizning o‘zi ham aktrisa.

Jasmin bir necha yil avval retro-uslub bilan qiziqib qoldi hamda o‘tgan asrning 50-yillarida yashab ijod qilgan aktrisalar ijodi bilan yaqindan tanishdi. U Merilin Monro hayoti va ijodiga shu qadar sho‘ng‘ib ketdiki, aktrisaning obrazini to‘liq o‘zida aks ettirishga qaror qildi. Albatta, bunda Jasminning o‘zi ham kinosanoat vakili ekanligi muhim rol o‘ynadi. U bolaligidan turli ko‘rsatuvlar va shoularda chiqish qilib keladi.

Qiz o‘z kumirining uyida sevgilisi bilan yashamoqda. U ko‘ngil qo‘ygan inson ham retro-uslubga qiziqadi.

Jasmin aktrisaning muxlislari u haqda ko‘proq tasavvurga ega bo‘lishi uchun Instagram’dagi sahifasiga Monroning uyidan rasmlar joylashtiradi hamda uy bo‘ylab onlayn-ekskursiyalar tashkillashtiradi. Qizning folloverlari uning afsonaviy aktrisaga juda o‘xshashini aytadi. Ular tez-tez Jasmindan Monroning biror filmdagi obrazini aks ettirishini so‘raydi.

Jasminning aytishicha, u uydan Merilin Monroning imzosi va u o‘qigan jurnallarni topgan. Bundan tashqari, uyda 100 yillik vanna saqlanib qolgan bo‘lib, undan Monro ham foydalangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют