» » Surxondaryoda tuman hokimi buzib yubormoqchi bo‘lgani aytilgan eski bozorga viloyat hokimi borib bozor buzilmasligini aytdi

Surxondaryoda tuman hokimi buzib yubormoqchi bo‘lgani aytilgan eski bozorga viloyat hokimi borib bozor buzilmasligini aytdi


Ijtimoiy tarmoqlarda 12-may kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumani hokimligi eski bozorni buzdirib, savdogarlarni yangi bozorga o‘tkazmoqchi ekanligi aytilgan video tarqalgan edi. Tuman hokimligi bunga munosabat bildirib, bozor oldiga keltirilgan ekskavator bozorni buzish uchun emas, balki optik tolali kabel yotqizish uchun jalb qilinganini aytgandi.

Biroq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Boysunning “Tuzbozor” mahallasi hududida joylashgan mazkur eski bozorga kirish qismidagi chorrahada turgan ekskavatorning “O‘zbektelekom” kompaniyasi Surxondaryo filiali Boysun telekommunikatsiya bog‘lanmasi ish faoliyatiga aloqasi yo‘qligini, qurilish ishlari 6-may kuni tugatilganini bildirdi.

Shundan so‘ng, 17-may kuni dastlab Boysundagi “Mustaqillik” mahallasi hududida yangi barpo etilgan “Dehqon bozori”dagi sharoitlar bilan tanishgan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov eski “Tuzbozor” buzilmasligini, aksincha, rekonstruksiya qilinib “Eko bozor”ga aylantirishini aytdi.

“Bu aholiga keng qulayliklar yaratish bilan birga, savdo xizmati ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi. ‘Eko bozor’ bitgach, xohlovchilar u yerda savdo-sotiq ishlarini bemalol davom ettirishlari mumkin”, – deya To‘ra Bobolovning so‘zlarini keltirmoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Shundan so‘ng To‘ra Bobolov eski bozorni ham borib ko‘rgan. Viloyat hokimi bozordagi haminqadar rastalar, tor, ayniqsa, yomg‘irli kunlarda suv va loy bo‘lishi sotuvchi va xaridorlarga qiyinchiliklar tug‘dirgan yo‘laklarni ko‘rib, “Tuzbozor” o‘rnida faoliyatini zamonaviy asosda yo‘lga qo‘yish imkonini beradigan yangi tipdagi bozor loyihasini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют