» » Roberto Karlos: Ronaldo — ideal futbolchi. Messi yoki Ronaldu unga teng kelolmaydi

Roberto Karlos: Ronaldo — ideal futbolchi. Messi yoki Ronaldu unga teng kelolmaydi


“Real” klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Roberto Karlos sobiq jamoadoshi Ronaldo haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ronaldo mashg‘ulotlarda ajralib turardi. U eng zo‘ri edi. Hech qachon boshqa “fenomen” bo‘lmaydi. Hatto Neymar, Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messi ham unga tenglasha olmaydi. Ronaldo — ideal.

O‘ylashimcha, bizning vaqtlarda gol urish qiyin bo‘lgan. U vaqtda futbolda ulkan jismoniy kurash kechardi, hujumchilar esa hozirgidek himoya qilinmasdi. Biroq Ronaldo maydonda o‘zi istagan ishni qila olardi.

U “Real”ga kelgan vaqtda biz naqadar ajoyib futbolchini qo‘lga kiritganimizni ko‘pchilik tushunib yetmagandi. O‘shanda Ronaldo ko‘pchilikni hayron qoldirgan”, — deydi Roberto Karlos.

Mavzuga doir: Samyuel Eto’O: Ronaldo — futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchi

Ronaldo futbolchilik faoliyati mobaynida PSV, “Barselona”, “Inter”, “Real” va “Milan” kabi nomdor jamoalarda to‘p surgan. “So‘yloq” 1997 va 2002-yilda “Oltin to‘p”ga loyiq ko‘rilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют