» » O‘zbekiston TIV Zaxarovaning rus tilidan foydalanish o‘zbekistonliklarning manfaatlariga mos kelishi haqidagi gaplari yuzasidan izoh berdi

O‘zbekiston TIV Zaxarovaning rus tilidan foydalanish o‘zbekistonliklarning manfaatlariga mos kelishi haqidagi gaplari yuzasidan izoh berdi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning jamoatchilikda jiddiy norozilik uyg‘otgan va muhokamalarga sabab bo‘lgan bayonotiga munosabat bildirdi.

Xorijiy davlatlar ba’zi rasmiy shaxslarining O‘zbekistonda qonunchilik talablariga muvofiq, jamoatchilik muhokamasiga kiritilgan davlat tili masalasi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjat yuzasidan bildirgan fikrlari munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni qayd etadi.

Davlat tilini tartibga soluvchi sohaga bog‘liq masalalar davlatning mutlaq ichki siyosatiga daxldor bo‘lib, har qanday aralashuv aslo maqbul emas.

Mamlakatimiz hududida yashovchi barcha millat va elatlar tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish respublika qonunchiligida o‘z ifodasini topgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

Bundan tashqari, 1995-yilda qabul qilingan ‘Davlat tili to‘g‘risida’gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 9-moddasiga binoan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi.

Shuningdek, qonun o‘z ona tilini o‘rganish va undan foydalanish, xususan, ta’lim olish, davlat tashkilotlariga murojaat qilish, huquqiy va boshqa ma’lumotlardan foydalanish hamda ishbilarmonlik muomalasida hech qanday to‘siqlarsiz qo‘llash imkoniyatini kafolatlaydi.

Ko‘plab maktab va oliy ta’lim muassasalari, jumladan, xorijiy universitetlar filiallari, madaniyat markazlarida o‘qitish, davriy nashrlarni chop etish, tele va radiodasturlar turli tillarda olib borilayotgani buni yaqqol tasdiqlaydi.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi boshqa millatlar holati to‘g‘risida tashvishlarga hech qanday asos yo‘q. Gap yuqorida zikr qilingan 1995-yilda qabul qilingan qonun ijrosi haqida ketmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi mamlakatimizda davlat tili haqidagi qonun talablariga rioya etish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish jarayonida xolis bo‘lishga, oldindan asossiz xulosa chiqarmaslikka va hurmat saqlanishiga umid qiladi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova 14-may, payshanba kuni o‘tkazilgan brifing vaqtida “O‘zbekistonda ish yuritish jarayonlarida rus tilidan foydalanish respublika fuqarolarining manfaatlariga mos keladi”, deya O‘zbekistonda rus tili bilan bog‘liq vaziyatga izoh bergandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev va “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Mariya Zaxarovaning mazkur bayonotiga o‘z munosabatlarini bildirgan.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining oxirida O‘zbekiston Adliya vazirligi davlat tilida ish yuritishni ta’minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqqan edi. Qonun loyihasiga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritishda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir: Ijtimoiy tarmoqlarda davlat tilini haqorat qilgan samarqandlik 15 sutkaga qamaldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют