» » Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yelena Kompolshik Rossiya TIV matbuot kotibi fikrlariga javob qaytardi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yelena Kompolshik Rossiya TIV matbuot kotibi fikrlariga javob qaytardi


Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Mariya Zaxarova Ozbekistonda davlat tili boyicha ornatilayotgan tartiblarhaqidagapirib,rasmiy idoralarda ozbek tilining majburiy qilinishini kamchilik yoqlayotganiga ishora qilgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Adolat partiyasi azosi Yelena Kompolshik bu fikrlarga munosabat bildirdi.

Barchaga malumki, yaqinda Adliya vazirligi tomonidan Ozbekistonda davlat tilida ish yuritishni taminlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilovchi qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgan edi. Undagi qoidalar juda sodda va tushunarli: Agar davlat tashkiloti faoliyat va biznes faoliyatini amalga oshirishda davlat tili togrisidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilmasa, mazkur tashkilotning mansabdor shaxsi mamuriy jazoga tortiladi.

Jazo faqat vazir, hokim, qomita raisi, rahbari va boshqa lavozimdagi davlat tashkiloti mansabdor shaxsiga nisbatan qollaniladi. Shu bilan birga, Ozbekiston fuqarolari davlat tashkilotlariga har qanday tilda murojaat qilishi, odamlar bilan istagan tilida muloqot qilishi mumkin va bunga hech qanday tosiqlar va jazo mavjud emas.

Davlat tashkilotlarida ishlaydigan turli tillarda sozlovchi boshqa millatga mansub fuqarolar istagan tillarida gaplashishlari va oz faoliyatlarini istagan tillarida olib borishlari mumkin. Bunga hech qanday tosiq va etirozlar yoq. Davlat organlarining rasmiy hujjatlari boshqa tillarda ham yuritilishi mumkin.

Qonun loyihasida davlat organlari va tashkilotlari davlat tilini hurmat qilishi kerakligi belgilab qoyilgan.

Ozbekiston mustaqil davlat va oz tili, oz qadriyatlari, oz qonunlari va oz rivojlanish yoliga egadir. Shunday ekan, davlat tashkilotlari mansabdor shaxslari ozbek tilini bilishga va hurmat qilishga, shuningdek, davlat tilidan foydalanishi uchun masuliyatni his qilishga majburdirlar.

Hukumat hech qachon boshqa tillarda sozlashuvchi Ozbekiston fuqarolarini qanday millat, qaysi til, qaysi dinga mansubligidan qatiy nazar, jazolamaydi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova rasmiy minbardan turib, ....rus tili rasmiy til bolishini kopchilik ozbeklar istayotgani va qonun loyihasining tarafdorlari orasida deputatlar va aholi vakillari kamchilikni tashkil qilishi togrisida munosabat bildirdi.

Qaysi malumotlar bazasi mazkur qonun loyihasi tarafdorlari ozchilikni tashkil etishi togrisidagi tezisni tasdiqlaydi?

Aftidan Rossiyaning obroli davlat idorasining rasmiy vakili hozirgacha ozi suveren davlat qonun loyihalariga izoh berish orniga tekshirilmagan, osmondan olingan malumotlardan foydalanishda muntazam ravishda ayblab kelayotgan taniqli rossiyalik muxolifat blogeri bilan bolayotgan qarama-qarshiliklar doirasida qolib ketmoqda yoxud hanuzgacha undan uzoqlasha olmayapti.

Darvoqe, bevosita TIV departamenti boshligi vakolatlari doirasiga kirmaydigan ishni qilgandan kora, bizning mamlakatimizda roy berayotgan jarayonlarni, ozgarishlarni, shu jumladan, Rossiya va boshqa davlatlar bilan amalga oshirilayotgan ijobiy munosabatlarni chuqurroq tahlil qilsa maqsadga muvofiq bolardi. Aynan shu bugun Toshkent viloyatining Angren shahrida Sovet Ittifoqi qahramoni, Italiya milliy qahramoni Fedor Poletayevga ornatilgan haykal qayta tiklandi.

Mana sizga xalqimizning asl ruhiyati va mentaliteti togrisidagi minglab misollarning birgina namunasi. Savollar kop, lekin biz Rossiya rasmiy vakilini asossiz rasmiy bayonot berishda ayblashni istamaymiz. Chunki u tayyor tezisni oqidi xolos...

Ammo uning Ozbekistonga nisbatan aytgan gaplarining samimiyligi shubha uygotadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, men va mening hamkasblarim shuni ishonch bilan ayta olamizki, bizning deputatlarimiz va senatorlarimiz umumxalq muhokamasi asosida davlat tili ustuvorligi, mavqeyini mustahkamlaydigan qonun loyihasini, albatta, qabul qiladi va maqullaydi.

Yelena Kompolshik,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

AvvalroqOliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatiRasul KusherbayevvaYuksalish umummilliy harakati raisiAkmalBurhonovMariya Zaxarovaning mazkur bayonotiga ozmunosabatlarini bildirgandi. Shuningdek,Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham bu borada oz fikrlarini bildirib otgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (18-05-2020, 21:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
:
-
:
20 ... -