» » Chiroqchida ayol boshqaruvidagi Matiz ag‘darilib ketdi. Yo‘lovchi ayol voqea joyida vafot etdi

Chiroqchida ayol boshqaruvidagi Matiz ag‘darilib ketdi. Yo‘lovchi ayol voqea joyida vafot etdi


Chiroqchi tumanida 17-may kuni soat 19:00 larda ayol kishi boshqaruvidagi Matiz yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida ag‘darilib ketgan. Oqibatda mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 41 yoshli Q.L. (ayol) voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

YHXBB xabariga ko‘ra, hodisa “Humo” MFY, Jar qishlog‘i hududidan o‘tuvchi 4K-287 Qorakamar—Qalqama yo‘lining 3-kilometrida sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 34 yoshli haydovchi Q.N. va uch nafar voyaga yetmagan bola tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan. Bemorlar tekshiruvdan o‘tkazilib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ayni paytda YTHdan jabrlanganlarning ahvoli o‘rta og‘ir darajada ekanligi ma’lum qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB xuzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 12-may kuni Buxoro viloyatining Romitan tumanida traktor tirkamasi ag‘darilib ketishi oqibatida 3 ayol vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют