» » Toshkentdagi “Poytaxt” savdo markazi oldida joylashgan avtoturargoh o‘rnida nima qurilayotgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi “Poytaxt” savdo markazi oldida joylashgan avtoturargoh o‘rnida nima qurilayotgani ma’lum bo‘ldi


Toshkent shahrida joylashgan “Poytaxt” savdo markazi oldidagi avtoturargoh o‘rnida to‘qqiz qavatli tijoriy bino qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot kotibi Furqat Mahmudxo‘jayevga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir yil avval (2019-yil 28-martda) shahar hokimining qaroriga asosan, Matbuotchilar ko‘chasidagi 23 sotixli yer maydoni chexiyalik investor — IMP NEW PAY kompaniyasiga kamida 25 million dollar investitsiya kiritish majburiyati bilan ajratib berilgan. Biroq qurilish ishlari endi boshlandi, uning nimaga kechikkanligi ma’lum qilinmagan.

Nashrning yozishicha, “rejstrik-firem.kurzy.cz” saytidagi kompaniyalar reyestriga ko‘ra, IMP NEW PAY kompaniyasi Chexiyaning Karlov Var shahrida 2016-yil 19-avgustda 1000 kron (40 dollar) ustav kapitali bilan ro‘yxatga olingan. Kompaniyaning asosiy faoliyati sifatida binolar, turar va noturar joylar ijarasi ko‘rsatilgan. Kompaniya ta’sischilari 95 foiz ulush bilan O‘zbekistondan Isroil Yunusov va 5 foiz ulush bilan Germaniyadan Pol Braytenbax hisoblanadi.

Qayd etilishicha, Isroil Yunusov Lotus Gaz Invest kompaniyasining 56,64 foiz ulushiga ham egalik qiladi. Mazkur kompaniya esa Real House qurilish kompaniyasi brendining egasi hisoblanadi. Shuningdek, Isroil Yunusov O‘zbekiston Professional boks federatsiyasiga rahbarlik qiladi.

Tijoriy obyekt qurilishi loyihasi Toshkent shahar hokimligida o‘tgan “Investorlar kunlari”ning birida taqdim etilgan.

Binoning 1—3-qavatlarida savdo obyektlari joylashadi, qolgan qavatlarni ofislar egallaydi. Yer ostidagi uchta qavatda esa avtoturargohlar joylashadi.

“Shahar markazidagi mazkur turargoh aholi uchun muhim. Uning yonida skver, ikkita teatr va bank bor. Investor bilan kelishuvning asosiy sharti avtoturargoh joylari yo‘qolmasligi bo‘lgan”, — deb ta’kidlagan Furqat Mahmudxo‘jayev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, qurilish tugaganidan keyin avtomobillar turishi uchun mo‘ljallangan joylar soni hozirgi 180 tadan 250 taga oshadi.

Matbuot kotibining ma’lum qilishicha, mazkur hudud investorga auksionsiz berilgan, chunki o‘sha paytda bunday talab bo‘lmagan.

2018-yilning 15-avgustidan 2019-yilning 15-avgustigacha Toshkent shahrida investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha tajriba o‘tkazilgan. Bu davrda shahar hokimligi investitsion faoliyat uchun yer uchastkalarini va davlat mulki obyektlarini ularning maydonidan qat’i nazar to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralardan so‘ng shartnoma imzolash orqali taqdim etishi mumkin bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, yerosti avtoturargohi avvalroq boshlang‘ich 7,5 milliard so‘m narx bilan auksionga qo‘yilgan, biroq uning natijalari noma’lum.

Mavzuga doir: Toshkentdagi Versal restorani yana sotuvga qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют