» » Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashga oid farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashga oid farmonni imzoladi


Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlik subyektlari va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, 2020-yil 1-iyundan 1-sentabrga qadar kichik tadbirkorlik subyektlari, bozorlar va savdo majmualari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish joylari, jamoat transportlari tashkilotlari, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, shuningdek, yo‘lovchilarni tashish, maishiy xizmat ko‘rsatish, yopiq joylarni ijaraga berish, shu jumladan, banketlar tashkil etish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.

Kichik biznes subyektlariga:

Tadbirkorlarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olib kirishda (import) qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni 120 kungacha kechiktirish huquqi beriladi.

2020-yil 1-maydan 1-iyulgacha mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha pasaytiriladi.

Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan davlat korxonalari va yuridik shaxslar bundan mustasno.

Farmonda 2020-yil 15-may holatiga ko‘ra soliq qarzlari va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun penya va hisoblangan jarimalar bo‘yicha qarzdorliklarini undirish 2020-yil 1-sentabrgacha to‘xtatilishi, Davlat soliq xizmati organlari 2020-yil 15-may holati bo‘yicha ularning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini o‘tkazish va yechib olish bo‘yicha inkasso topshiriqnomalarini qaytarib olishi hamda soliq to‘lovchilar 15-may holatiga ko‘ra bajarilmagan soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqiga egaligi belgilab qo‘yilgan.

1-iyundan boshlab qo‘shimcha ravishda 14 yoshgacha farzandi bo‘lgan, 2 yoshgacha bola parvarishi uchun va moddiy yordam oluvchi oilalarga ajratiladigan ijtimoiy yordam pullari oluvchilar 10 foizga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют