» » JSST koronavirusdan himoyalovchi usullardan birini inson sog‘lig‘iga zararli deb atadi

JSST koronavirusdan himoyalovchi usullardan birini inson sog‘lig‘iga zararli deb atadi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yopiq binolarni aerozollar bilan dezinfeksiyalash koronavirusga qarshi kurash uchun nafaqat foydasiz, balki inson sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini ma’lum qildi.

Tashkilot hisobotida ta’kidlanishicha, koridorlar, kabinet yoki boshqa binolarni dezinfeksiyalash ko‘zga zarar yetkazishi, nafas olish organlari va teri qoplamalarining qichishishiga olib kelishi mumkin.

“Hech qanday holatda purkash tavsiya etilmaydi. Bu inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin va virusni yuqtirgan odam tomonidan havo tomchilari yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa orqali tarqalishini kamaytirmaydi”, — deyiladi hujjatda.

JSST binolar ichini tozalashda dezinfeksiya vositalari bilan shimdirilgan oddiy lattadan foydalanishni tavsiya qiladi.

“Ushbu yondashuv bilan tozalash sifati kafolatlanadi, chunki hamma narsa qo‘lda amalga oshiriladi va har bir zona qayta ishlanadi”, — deya ta’kidlanadi hisobotda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют